Terri Anri: "Monako"ga g'oliblik ruhi etishmayapti"
02 dek 2018 13:00
Yangiliklar


Terri Anri: "Monako"ga g'oliblik ruhi etishmayapti"
"Monako" bosh murabbiyi Terri Anri Franciya chempionatida "Monpele"dan uchralgan mag'lubiyatga (1:2) izoh berdi.
"Uchrashuvni alo darajada boshladik. Keyin xuddi "Kann" bilan bo'lgan bahsdagi kabi jismoniy jihatdan aziyat chekdik. Birinchi bo'limda bittadan ko'p gol urishimiz mumkin edi. Xattoki, darvoza bo'sh bo'lgan vaziyat ham bo'ldi. SHogirdlarim mag'lubiyatlardan qo'rqib qolishgan. Ularga g'oliblik ruhi etishmayapti. 54 daqiqa yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ammo, bu natija uchun etarli bo'lmadi va boshqa gol urish nasib etmadi. Uchrashuv davomida qilgan xatolarimiz yakunda qimmatga tushdi", - deya fikr bildirdi "Monako" ustozi Terri Anri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar