So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Stadiondan chiqqan "buloq", traktor, "shvabra" va shedevr gollar. "Paxtakor"ning g'alabasi "Championat.asia" FOTOMAQOLAsida Yangiliklar

Stadiondan chiqqan "buloq", traktor, "shvabra" va shedevr gollar. "Paxtakor"ning g'alabasi "Championat.asia" FOTOMAQOLAsida

O'zbek klublari OCHL 2-saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olishdi.

Olmaliqda AGMK Tojikistonning "Istiqlol" jamoasini 4:2 hisobida taslim qilgan bo'lsa, Toshkentda "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" klubini 2:1 hisobida engdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

OCHL-2019. CHiroyli gollar urilgan kechada "Paxtakor" keyingi bosqichga chiqdi

SHota Arveladze boshchiligidagi "sherlar"ning chiroyli g'alabasidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Qorboboda nima gap? :)


Bo'lar ekan-ku chiroyli dizayndagi, sifatli libosda o'ynasa.


Odatda, Yaxshiboevni yiqitishardi. Bu safar esa Jasur raqibni "o'rdi"))


"Paxtakor" stadionidan "buloq" chiqdi) Jiddiy aytganda esa maydonni sug'oruvchi maxsus uskunalardan biri oxirigacha o'chmagan bo'lib chiqdi. SHu sabab o'yin bir muddat to'xtab qoldi.


Texniy nosozlik bartaraf etilganidan so'ng stadion xodimlari o'sha joyga to'planib qolgan suvni "yoyib chiqishdi".


Bular etiroz bildirishda ko'proq jamoaviyroq ekan))


Birinchi bo'limga 24 daqiqa qo'shib berilganini oldin ko'rganmisiz? SHaxsan men ko'rmaganman. Vaziyat shuni taqozo qildi.


SHota Arveladze o'ychan...


Bugun maydonda nima bo'lsa bo'ldi, mana maxsus traktor ham yuribdi))


"Eyr Fors"ning shu futbolchisi (Ibrohim Bayesh) butun o'yin davomida goh CHeran bilan, goh Hamrobekov bilan, goh Sadriddin Abdullaev bilan keskinlikka bordi.


Bu suratni izohsiz qoldirdim.


Farruh Sayfievni o'zbekcha Fil Jons desa ham bo'ladi) Doim noodatiy kadrga tushib qoladi.


Stadion larzaga kelishidan bir necha daqiqa oldin...


Stadionga kelgan muxlislar kimdir sizdan "O'yinga borib nimaga erishding" deb so'rab qolsa, ikkilanmay "Masharipovning golini jonli ko'rdim" deyavering.



Odatda, Yurgen Kloppning shogirdlarini mana shunday bag'riga bosishiga ko'nikkanmiz. Klopp va Salah o'rnida SHota va Jalol.


Boyagi Jalolni golini jonli ko'rdim degan muxlislar ketidan Bikmaevning ustunni "o'pib" kirgan zarbasini ham deb qo'shib qo'ying.


Happy End!


OCHL 2-saralash bosqichi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" (2:1) uchrashuvidan to'liq suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon Qosimov, instagram.com/tolibjon_90

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика