"Sporting" Gyokereshni Suares bilan almashtirmoqchi
08 iyu 13:06
Yangiliklar


"Sporting" Gyokereshni Suares bilan almashtirmoqchi
"Almeriya" hujumchisi Luis Suares "Sporting"da Viktor Gyokereshning o'rnini egallashi mumkin.
Bu haqda Fabricio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi Lissabon klubining asosiy transfer maqsadlari qatoriga kiradi. Futbolchining o'zi ham nufuzliroq jamoaga o'tishdan manfaatdor, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar iyun oyidan beri davom etmoqda.
O'tgan mavsum 52 o'yinda 54 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan Gyokeresh "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi.
Suares o'tgan mavsum 43 o'yinda 31 ta to'p kiritdi hamda 8 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar