So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  0 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  8 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0

Salimjon Zokirov: “Penaltilar seriyasi - bu lotereya” Yangiliklar

Salimjon Zokirov: “Penaltilar seriyasi - bu lotereya”

Farg'ona viloyati "Hokim kubogi" musobaqasining chorak finali doirasida o'tkazilgan "Yozyovon-Lochinlari" - "SHerdor" (1:1, pen.bo'yicha 4:5) uchrashuvidan so'ng yozyovonliklar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov championat.asia saytiga intervyu berdi.

Farg'ona viloyatida har yili ananaviy tarzda "Hokim kubogi" musobaqasi tashkillab kelinmoqda. Bu musobaqa ishtirokchi jamoalarga jamoaviy o'yinni shakllantirish, jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek selekciya ishlarini olib borishda qulaylik yaratadi.

Mazkur musobaqada bizning "Yozyovon-Lochinlari" jamoasining ishtiroki xususida gapiradigan bo'lsam, o'z guruhimizda birinchi o'rinni egallab, mana shu bosqichgacha etib kelishimizning o'zi katta natija deb bilaman. Bunga sabab sifatida aytishim mumkinki, yangi mavsum oldidan biz jamoamiz tarkibini deyarli 100%ga yangiladik. Jamoamizning qishki yig'ini davomida Farg'ona viloyati sport maktablarida tarbiyalangan yosh iqtidorli futbolchilarni ko'rikdan o'tkazdik va tarkibimizga jalb qildik. Jamoamizning yangilangan tarkibi bu darajadagi turnirlarda hali ishtirok etmagandi. Qishki yig'in davomida 1-1,5 oy davomida shug'ullangan bo'lsak, bugungi uchrashuvda ushbu mehnatlarimiz zoe ketmaganligiga ishonch hosil qildik. Ko'pchilik futbol mutaxassislari tomonidan mazkur musobaqada "SHerdor" jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholashayotgan edi. Lekin jamoamizning yangilangan tarkibi bilan bu jamoaga munosib qarshilik ko'rsata oldik deb o'ylayman, xatto ayrim vaziyatlarda ustunlik ham qildik. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng ham uchrashuvda bu o'yinga tayyorlangan rejamizni o'zgartirmadik. O'yinning so'ngi daqiqalarida "SHerdor" futbolchisi jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. Mazkur zarba har qanday tajribali darvozabon uchun ham qiyinchilik tug'dira olar edi. O'tkazib yuborilgan golda jamoamizning yosh posboni SHaxzodbek Madaminovni ayblamagan bo'lardim, uning faoliyati hali oldinda.

Penaltilar seriyasi - bu lotereya, gol urolmagan yosh futbolchilarimiz - Mirzohid va Humoyunlarni tushkunlikka tushmasliklarini so'rayman, har qanday futbolchi bilan ham shunday vaziyat bo'lishi mumkin. Bu futbolchilarimiz bu darajadagi turnirlarda birinchi marta ishtirok etishmoqda, ularda hayajon bo'lishi tabiiy. Bugun jamoamiz tarkibida faqat bir nafar yoshi katta futbolchi, jamoamiz sardori Zoxidbek Ismoilov o'ynadi. Bilasizmi bugun jamoamiz safida maydonga tushgan futbolchilarning ayrimlari xatto ikkinchi liga musobaqalarida ishtirok etishmagan edi, takror aytaman ular bu kabi musobaqalarda birinchi bor o'ynashmoqda.  

Xato va kamchiliklarimizni ko'rib oldik, o'z ustimizda yanada ko'proq ishlasak, nasib etsa mana shu yoshartirilgan tarkibimiz bilan milliy chempionatlarimizda munosib ishtirok etamiz degan umiddaman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


 

 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика