11 iyu 11:50

Rasman: Muhammad Qudus – "Tottenxem" futbolchisi

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Vest Xem" hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Qudus Londonning "Tottenxem" klubiga o'tdi.

Futbolchi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasiga imzo qo'ydi. Bu haqda "shporlar" matbuot xizmati xabar berdi.

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "Tottenxem" 24 yoshli ganalik futbolchining transferi uchun "bolg'achilar"ga 63,8 million evro to'lagan.

"Bu erda bo'lish juda ajoyib. Men juda xursandman, imkon qadar tezroq maydonga tushmoqchiman. Umid qilamanki, "Tottenxem" muxlislari jamoa o'yiniga olib kirgan narsamni qadrlashadi", – dedi Qudus.

Qudus o'tgan mavsum APLda 32 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bu xabar bilan bo'lishing:
  +1 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика