So’nggi yangiliklar

15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7

"Qizilqum" muxlislari Gulistonga borishadi Yangiliklar

"Qizilqum" muxlislari Gulistonga borishadi

8 noyabr kuni O'zbekiston XXII milliy chempionati oliy liga jamoalari mavsumni yakunlashadi. SHu kuni bo'ladigan 26-turning markaziy va hayajonli uchrashuvlaridan biri shubhasiz Guliston shahrida bo'lib o'tadi.
Elitada o'z o'rnini saqlab qolish uchun astoydil kurashayotgan Guliston - Qizilqum jamoalari uchrashuviga kattayu kichik birdek qiziqmoqda.
 
Ikkinchi davrada o'z o'yinini topishga muvaffaq bo'lgan “Qizilqum”ning qo'lga kiritgan g'alabalarida jamoa ishqibozlarining ham juda katta hissalari bor, albatta. Qiyin va og'ir ahvolda ham minglab muxlislar “Qizilqum”ni bir zum ham yolg'izlatib qo'yishgani yo'q. Ayniqsa, jamoa uy uchrashuvlarini Navoiyda o'tkaza boshlagach, ishqibozlarning stadionga tashrifi sezilarli darajada ortganligini alohida takidlash lozim.
 
Qolaversa, keyingi paytlarda “Qizilqum” jamoasi qoshida ish boshlagan ishqibozlar klubi faolligi ham etiborga loyiq. Jumladan, ikkinchi davrada Samarqand va Zominda o'tkazilgan uchrashuvlarda ular o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashda faolliklarini namoyish etdilar.
 
Gulistonda bo'ladigan uchrashuvga ham Navoiydan uch yuz nafardan ziyod muxlis tashrif buyurishi kutilmoqda. “Qizilqum” futbol klubi rahbariyati va homiylari jamoani stadionning o'zida bevosita qo'llab-quvvatlashni istovchilarga hayrixohlik bildirib, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib beryapti. Jumladan, 8 noyabr tongida navoiylik muxlislar uchun ajratilgan maxsus avtobuslar Guliston shahri tomon yo'l oladi.
 
Umid qilamizki, yuzlab ishqibozlarning olqish va hayqiriqlari nihoyatda muhim uchrashuv davomida “Qizilqum” futbolchilari uchun chinakam kuch va dalda vazifasini o'tab beradi. Muxlislar “Qizilqum”ning g'alabasiga ishonadilar. FAQAT OLG'A, “QIZILQUM”!
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика