So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. Janubiy Koreya - Qatar Yangiliklar

Osiyo Kubogi prevyusi. 1/4 final. Janubiy Koreya - Qatar

Bugun Osiyo Kubogining chorak finalidan o'rin olgan yana ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

Abu Dabidagi "Zayed Sports Siti" o'yingohida Janubiy Koreya Qatarga qarshi bahs olib boradi. Aytish mumkinki, chorak final juftliklari orasida kim favorit ekanligini topish eng qiyin bo'lgan juftlik shu.

Oldinlari Janubiy Koreya yaqqol favorit bo'lardi. Ammo hozirga kelib Qatar terma jamoasi ancha kuchaygan. Aytish mumkinki, Qatar musobaqada eng yaxshi o'yin namoyish etayotgan jamoalardan biri bo'lib turibdi.

Janubiy Koreya
Bu jamoa shu paytgacha ikki bor Osiyo Kubogida g'olib chiqqan. Bu yil uchinchi marta chempion bo'lishga harakat qilmoqda. Janubiy Koreya bungacha o'tkazilgan to'rtta bellashuvning hammasida zafar quchdi. Guruh bahslarida ular Filippin (1:0), Qirg'iziston (1:0) va Xitoy (1:0)ni mag'lub etishgan bo'lsa, 1/8 finalda Bahrayndan 2:1 hisobida ustun kelishdi. Koreyaliklar faqat Bayhrandan gol o'tkazib yuborishdi. Demak, jamoa himoyasi chakki emas.

Qatar
Bu jamoa ham shu paytgacha bo'lib o'tgan to'rtta o'yinning barchasida g'alabaga erishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, bugun juda qiziqarli bahs guvohiga aylanamiz. Qatar guruh bosqichini Livanga qarshi 2:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. SHundan keyin KXDR (6:0) va Saudiya Arabistoni (2:0) terma jamoalari mag'lub etildi. 1/8 finalda esa Qatar Iroqni 1:0 hisobida engib musobaqadan chiqarib yubordi. Ko'rib turganingizdek, Qatar hali Osiyo Kubogida gol o'tkazgani yo'q.

O'yindan oldingi fikrlar

Paulu Bentu (Janubiy Koreya termasi bosh murabbiyi): "Son Xyong Min hozircha gol urgani yo'q, lekin bu meni tashvishga solmaydi. Muhimi, u yaxshi o'ynayapti va boshqa futbolchilar gol uryapti. Qatarda ham himoya, ham hujum kuchli. Ular anchadan beri bir murabbiy qo'l ostida hamjihatlikda ishlab kelishyapti. To'p nazorati bizda bo'lsa, o'ylaymanki bu jamoani mag'lub eta olamiz".

Feliks Sanches (Qatar termasi bosh murabbiyi): "SHu paytgacha musobaqada juda yaxshi ishtirok etdik. Futbolchilarim bilan faxrlanaman, biz bir jamoa bo'la oldik. Buyog'iga yana shunday muvaffaqiyatli davom etishni istaymiz. Janubiy Koreya eng kuchli jamoalardan biri. Lekin o'z yo'limizda muvaffaqiyatli davom etishimiz uchun raqibni mag'lub etishimiz shart".

Osiyo Kubogi-2019. 1/4 final
25 yanvar. Abu Dabi. "Zayed Sports Siti" stadioni

Janubiy Koreya - Qatar
Boshlanish vaqti: 18:00.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика