So’nggi yangiliklar

10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  0 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  1 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18

Osiyo Kubogi-2019. OFK musobaqada ishlaydigan hakamlar bilan media brifing o'tkazdi Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2019. OFK musobaqada ishlaydigan hakamlar bilan media brifing o'tkazdi

Osiyo Kubogi boshlanishiga faqat bir kun qoldi.

Ushbu musobaqada hakamlarga ham alohida etibor qaratiladi. Ayniqsa chorak finaldan boshlab Video Assistant Referee (VAR) tizimi ishga tushadi, bu esa o'yinlarga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi. BAAning Abu Dabi shahrida turnir oldidan hakamlar ishtirokida media brifing tashkil etildi. 

"Zayed Sports City" o'yingohida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida OFK Hakamlar direktori SHamsul Maydin, Osiyo Kubogi-2019 musobaqa direktori SHin Man Gil hamda hakamlardan Ravshan Ermatov bilan Alirizo Fag'oni ishtirok etishdi. Bunda asosan hakamlar borasida malumot berilib, chorak finaldan yo'lga qo'yiladigan VAR tizimiga alohida to'xtab o'tildi. 

Hakamlar zalda yig'inlarga VARning xususiyatlari, uning foydasi hamda hakamlar VAR bilan ishlashga qanday tayyorgarlik ko'rishgani haqida malumot berishdi. OFK Hakamlar direktori SHamsul Maydin bu borada shunday dedi: "Biz Osiyoga VAR tizimi kirib kelganidan mamnunmiz. Jahon chempionatida ko'rdikki, VAR juda foydali texnologiya bo'ldi va ortiqcha savollarga o'rin qoldirmadi. Qitamizda hakamlik darajasi yuqori saviyada. Hakamlar har bir o'yinni yaxshi boshqarishga harakat qilishadi. O'ylaymanki, bazi qarorlarni qabul qilishda VARga hojat qolmaydi. VAR faqatgina o'ta bahsli vaziyatlardagina ishlatiladi". 

Yaqinda o'tmishning taniqli hakamlaridan biri bo'lgan SHamsul Maydin VAR haqida yana quyidagilarni malum qildi: 

"Biz VARdan asosan to'rtta vaziyatda foydalanamiz. Birinchisi - to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan-o'tmagani, ikkinchisi - penalti belgilash bilan bog'liq holat, uchinchisi - to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka va to'rtinchisi - xato qarorlar. Musobaqaning chorak finalidan boshlab VAR ishga tushganidan so'ng jami 19 nafar kishi shunga masul bo'ladi. Ular imtihondan o'tishgan va yaxshi tayyorgarlikka ega".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика