So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  3 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

O'FA mutasaddilari Greciya futbol federaciyasi vakillari bilan uchrashishdi Yangiliklar

O'FA mutasaddilari Greciya futbol federaciyasi vakillari bilan uchrashishdi

Teglar :  GreciyaO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Evropa mamlakatlari futbol federaciyalari bilan yaqin aloqalar o'rnatib, o'zbek futboli rivoji yo'lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish yo'lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.

Jumladan, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi Sanat SHaripov va O'FA Terma jamoalar departamenti direktori SHarofiddin Hojiniyozov bugun Greciya futbol federaciyasi vakillari - Greciya futbol federaciyasi Texnik direktori Xaralampos Zelenicas, Greciya milliy terma jamoasi menejeri Despoina Papastatopulous hamda GFF Terma jamoalar bilan ishlash boshqarmasi vakili Antonis Zanetopulos bilan uchrashishdi.


Greciya futboli dunyoda o'z o'rniga ega bo'lib, bu mamlakat futbol metodologiyalari va murabbiylar tayyorlash bo'yicha Evropada etakchi mamlakatlar qatorida turadi.

2004 yilda Greciya Evropa chempionatida g'olib chiqqanidan keyin butun dunyoda Greciya terma jamoasining o'yin uslubi va natija uchun nihoyatda tartibli harakat qilish jihatlari sinchiklab o'rganilib, andozalar ko'chirishga harakat qilindi.

Greciyada murabbiylik licenziyasiga ega bo'lish uchun juda katta talab qo'yiladi. SHundan kelib chiqqan holda, bu erda murabbiylar faoliyatni boshlashdan avval o'z ustida ko'p ishlashi va murakkab imtihonlarga tayyor bo'lishi kerak bo'ladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari Greciya futboli vakillari bilan uchrashuv chog'ida murabbiylar tayyorlash tizimi haqida fikr almashishdi. Greciyadagi futbol akademiyalarida yo'lga qo'yilgan ish uslubi o'rganildi hamda o'zbekistonlik bolalar murabbiylarini Greciyaga yuborib, o'sha erda malaka oshirish kurslarida tahsil olishlarini taminlash bo'yicha ham bir to'xtamga kelindi. SHuningdek, kelgusida bolalar futboli bo'yicha greciyalik mutaxassislarni, Pro sertifikati hamda "A" licenziyasiga ega, Evropada kuchli hisoblangan murabbiylarni yurtimizga taklif etib, ular ishtirokida mamlakatimizdagi bolalar va o'smirlar akademiyalarida turli seminarlar va o'quv kurslari o'tkazish bo'yicha hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi. Bundan tashqari,  O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bilan Greciya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha ham kelishuvga erishildi.

O'zbekistonning ko'plab klublari va terma jamoalari qish mavsumida Turkiya mamlakatida yig'inlar tashkil etishadi. Greciya esa joylashuvi va iqlimi jihatdan Turkiyaga yaqin bo'lgani sababli, kelgusida Turkiyada yig'in o'tkazadigan jamoalar Greciyaga ham yo'l olib, bu erda nazorat o'yinlarini o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика