So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  2 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  10 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0

Nikola Berti: "Inter" uchun qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Biz kuchli uchlikda qolamiz" Yangiliklar

Nikola Berti: "Inter" uchun qayg'urmasangiz ham bo'ladi. Biz kuchli uchlikda qolamiz"

Teglar :  InterNikola Berti
90-yillar "Inter"da faoliyat yuritgan Nikola Berti sobiq klubi inqirozdan chiqib, mavsum so'ngigacha CHempionalar Ligasida ishtirok etish mumkin bo'lgan o'rindan birini egallashiga ishonmoqda.

— Aslini olganda, vaziyat unchalik ham yomon emas. Jamoamiz kuchli, uning o'ziga xos o'yin uslubi bor. To'g'ri, klub oxirgi paytlarda g'alaba qozona olmayati. Bundan muxlislar ham tushkunlikka tushib qoldi. Lekin hech qanday tashvishga hojat yo'q.

— Demak, jamoa CHempionlar Ligasida ishtirok etishi mumkinligi borasida hech qanday qo'rquv yo'q. "Milan" uchinchi pog'onani egallay oladimi?

— Ha, tez orada bo'lib o'tadigan bronza medali uchun kurashda Milanning ikki klubi o'rtasidagi bahsni tomosha qilishingiz mumkin. Qiziqarli o'yin bo'ladi deb umid qilaman. Bir narsaga shubha yo'q: "Inter" uchinchi o'rinni egallaydi, "Rossonerilar" esa 4-pog'onada qoladi.

— Sobiq jamoangiz quyi pog'onalarga tushib ketayotganini sezish qiyinmas. Nima deb o'ylaysiz, bunga sabab nima?

— Biz klub kiyinish xonasida nima bo'layotganini bilmaymiz. Ammo vahima ko'tarishga sabab yo'q deb o'ylayman. Aksincha, quvonchli paytlar ko'proq nazarimda.

— Yani? Bunga misol keltira olasizmi?

— Masalan, Perishich bilan bog'liq vaziyat: hamma u klubdan ketadi deb o'ylagandi. Lekin u nafaqat "Inter"da qoldi, balki "Bolonya"ga qarshi bahsda eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'ldi. U jamoaning ajralmas bir qismi va klubga foyda keltirish niyatida ekanini isbotlay oldi. "Lacio" bilan bo'lgan uchrashuvda esa u natija uchun qayg'urayotganini sezish qiyinmasdi. Umid qilamanki, u futbolchilarni qanday ko'llab-quvvatlaganini hamma ko'rgan va sezgan.

— Ammo "Inter" ishqibozlari sizchalik yaxshi kayfiyatda emas.

— Muxlislarimiz hamma narsani yuragiga yaqin oladi, bazida esa haddan tashqari. Jamoamiz ularning ko'z o'ngida yana o'z holiga qaytishiga ishonaman.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика