Neymar - Pelega: "Men simulyaciya ishlatmadim"
21 jan 2019 14:46
Yangiliklar


Neymar - Pelega: "Men simulyaciya ishlatmadim"
Braziliyalik hujumchi Neymar afsonaviy Pelening tanqidlariga javob berdi.
Oldinroq 1958, 1962 va 1970 yillardagi jahon chempioni 26 yoshli futbolchi simulyaciyani ko'p ishlatishi borasida tanqid qilgandi.
"Uning tanqidlari menga qiziq tuyuldi. Jahon chempionatida biror marta ham simulyaciya ishlatmadim, har doim menga qarshi qo'pol o'ynashdi. Odamlar har doim Neymarning ishi haqida gapiraverishadi. Peleni qattiq hurmat qilaman, ammo uning gaplariga qo'shilmayman", - dedi Neymar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar