So’nggi yangiliklar

00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1

“Neftchi” qarorgohidan daraklar... Yangiliklar

“Neftchi” qarorgohidan daraklar...

Teglar :  Neftchi
Avval xabar berib o'tganimizdek, Farg'onaning “Neftchi” jamoasi shu kunlarda Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

MASHG'ULOTLAR

Qirgulidagi yig'inga bosh murabbiy Bahrom Haydarov boshchilik qilmoqda. Unga katta murabbiy Diyor Alijonov hamda yoshlar murabbiyi Abdusamad Do'rmonovlar yordam berishmoqda. “Neftchi” azolarini jismoniy holatini yaxshilash borasida Ilxom Zaylobitdinov mehnat qilmoqda. Xislat CHilmatov esa doimgidek darvozabonlar bilan ishlayapti. Murabbiylar shtabi futbolchilarga ikki maxaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Kecha oqshom bo'lib o'tgan mashg'ulot davomida jamoa ikki guruhda bo'lingan
holda kichik bellashuv ham o'tkazdi.

TARKIBDAGI O'ZGARISHLAR

Xabaringiz bor, jamoa bilan shartnomasi yakuniga etgan bir qator o'yinchilar “Neftchi” bilan xayrlashdi. Ijara muddati tugagan futbolchilar esa sobiq jamoalari safiga qaytib ketishdi. Ayni paytda “Neftchi” jamoasi safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishmoqda. Agarda ushbu o'yinchilarning xatti-harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa ular bilan shartnoma imzolanib, klub rasmiy sayti orqali elon qilinadi.  “Neftchi” klubi rahbariyati o'tgan mavsum davomida jamoa sharafini himoya qilgan bir qator o'yinchilarni ortda qaytarish yoki ijara asosida klubga chorlash bo'yicha muzokalar olib bormoqda. Takidlash o'rinliki, yangi futbolchilar borasida kelishuvlar rasman yakunlangach ularning ismi-shariflari malum qilinadi.

NAVBATDAGI REJALAR

Tez kunlarda Farg'onada ananaviy “Hokim Kubogi” bahslari boshlanadi. “Neftchi” jamoasi ham ushbu turnirda ishtirok etishi reja qilingan.  Farg'ona futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqada Superliga, Pro-liga hamda qo'shni Respublikadan bir qator jamoalar ishtirok etishini kutilmoqda.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика