25 yoshli francuz parijliklar tarkibida faoliyatida uchinchi bor Franciya chempionati doirasidagi o'yin qaydnomasiga kirdi va maydonga tushmadi. U bunga qadar "Nant" (2017 yil noyabr) va "Monako" (2018 yil aprel) bilan o'yinlarda zaxirada qolgandi.
Mbappe 2023/24 yilgi mavsum PSJ tarkibida Liga 1da 19ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 4ta assist qayd etdi.
PSJ Franciya chempionati turnir jadvalida 21ta o'yinda 50 ochko jamg'argan holda etakchilik qilmoqda.