Bu haqda mersisaydliklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Frimpong APLning 1-turida "Bornmut"ga qarshi o'yinda (4:2) maydonga tushdi va 60-daqiqada almashtirildi.
"Liverpul" Frimpongni may oyi oxirida "Bayer"dan sotib olgandi. Transfer bonuslarni hisobga olmaganda 35 million evroni tashkil qilgan.
Frimpong Ibraima Konate bilan birga "qizillar" tarixidagi ikkinchi eng qimmat himoyachiga aylangan. Mersisaydliklar faqat Virjil van Deyk uchun ko'proq pul to'lagan – 2018 yilda "Sautgempton"ga 85 million evro.
Frimpong "Real"ga ketgan Aleksander-Arnoldning o'rnini egallagan edi.