So’nggi yangiliklar

01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  10 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  20 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1

Liga "Lokomotiv" stadionidagi qurilish ishlari bilan tanishdi Yangiliklar

Liga "Lokomotiv" stadionidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Teglar :  Lokomotiv
"Lokomotiv" klubi keyingi mavsumga tayyorgarlikni hozirdan boshlab yuborgan.

Liga vakillari "Lokomotiv" stadionida bo'lib, u erdagi qurilish ishlari bilan tanishdi. Ayni damda klub o'z uy stadionini keyingi mavsumga tayyorlash maqsadida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, "Lokomotiv" stadioni maydonining chimi, drenaj qismi to'liq yangilanmoqda. Bundan tashqari, stadion projektorini amaldagi talablarga mos ravishda to'liq yangilash rejalashtirilmoqda. Majmuaning qolgan qismlari ham to'liq tamirlanadi.

'"Lokomotiv" klubi asosiy stadion tamiri bilan cheklanib qolayotgani yo'q. Klub o'z arenasi yonginasidagi 2-sonli sport maktab hududida, muassasa bilan kelishgan holda tabiiy, zamonaviy drenaj tizimiga ega mashg'ulot maydoni qurishni boshlab yuborgan. Kelishuvga ko'ra klub sport maktabi tarbiyalanuvchilari uchun alohida suniy maydon qurib beradi. Bolalar uchun mo'ljallangan maydon qurilishining asosiy qismi o'z nihoyasiga etib ulgurgan.

Malumki, "Lokomotiv" klubining qarorgohi asosiy stadion yonida joylashgan. Klub endi shu huddudda mashg'ulot maydoni ham barpo etmoqda. Qurilish ishlari yakuniga etgach, "Lokomotiv" klubining qarorgohi, mashg'ulot maydoni va uy uchrashuvlarini o'rkazadigan stadioni bir huddudda joylashadi. Bu esa o'z navbatida futbolchilar uchun qulaylik yaratadi.

Klub yoshlar jamoalarini rivojlantirish bo'yicha boshqa rejalarini ham Liga bilan baham ko'rdi. Liga bir tizim bo'lib ishlaydigan va uzoq muddatli rejalar asosida harakat qiladigan klublarni doim olqishlaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика