Klaudio Ranerining tanqidi qimmatga tushdi
04 mar 10:20
Yangiliklar


Klaudio Ranerining tanqidi qimmatga tushdi
UEFA Roma bosh murabbiyi Klaudio Ranerini hakamlarni tanqid qilgani uchun jarimaga tortdi.
Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Bu «Portu» bilan Evropa ligasining birinchi pley-off o'yinidan (1:1) keyin sodir bo'ldi. Uchrashuvni Tobias Stiler boshqarib borgandi.
O'yindan so'ng rimliklar bosh murabbiyi Stiler raqibga «g'alaba keltirishi mumkin edi» deb fikr bildirgan.
Natijada Raneri 20 ming evro jarima oldi. Shuningdek, «Roma» «jamoaning nomaqbul harakati» uchun qo'shimcha 11 ming evro jarimaga tortildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar