Jezush Ronaldu haqida: "Uning taklifi tufayli "Al Nassr"daman"
15 iyu 01:44
Yangiliklar


Jezush Ronaldu haqida: "Uning taklifi tufayli "Al Nassr"daman"
Jorje Jezush Krishtianu Ronaldusiz "Al Nassr"ni boshqarmagan bo'lardi, dedi.
Dushanba kuni portugaliyalik mutaxassis Ar-Riyod jamoasining bosh murabbiyi bo'ldi.
"Menga Saudiya Arabistoni yoqadi, bu futbol va undan tashqarida kelajak mamlakati. Qaytib kelganimdan xursandman.
Krishtianu taklifi tufayli shu erdaman. Ronaldu – qaerda o'ynasa, hamma narsani yutib kelgan o'yinchi, faqat Saudiya Arabistoni qoldi. Ko'ramiz, bu yil unga yordam bera olamanmi.
Biz bir tilda gaplashamiz, hamma narsa oson bo'ladi. Krishtianu bergan imkoniyatdan bosh torta olmadim", – dedi Jezush.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar