So’nggi yangiliklar

08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  1 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  8 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  85 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1

Jamshid Hasanov: "O'zbekiston Kubogini kim yutadi? Men uchun "Mashal" favorit" Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "O'zbekiston Kubogini kim yutadi? Men uchun "Mashal" favorit"

Muborakning "Mashal" jamoasi O'zbekiston Kubogining nimchorak finalida "Neftchi" bilan to'qnash keldi.

O'yindan oldin favorit sifatida farg'onaliklar tilga olingan bo'lsada, yakuniy natija "Mashal" foydasiga hal bo'ldi (1:0). Mazkur o'yin taassurotlari borasida jamoaning tajribali futbolchisi Jamshid Hasanovning fikrlarini tingladik. 

- "Neftchi"ga qarshi uchrashuv natijasiga nimalar asos bo'ldi? Raqib bu safar o'z o'yinini topa olmadimi yoki "Mashal"ning tayyorgarligi g'alabaga olib keldimi?

- "Neftchi"da kuchli jamoa jamlangan. Lekin bu hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Imkonsiz ishning o'zi yo'q. Biz mehnat qildik va berilgan ko'rsmatmalarni to'g'ri bajardik. Bu g'alaba sari etakladi.

- Asror Aliqulov: “Bunday natija har doim ham o'xshayvermaydi”, — degan edi. Sizningcha, bitta o'yindagi yutuqni qanday omillar belgilaydi — mashg'ulotmi, ruhiyatmi yoki boshqa bir jihatmi?

- Albatta, tayyorgarlik. Raqibning o'yin uslubini o'rgandik. "Neftchi"dan kelib chiqib taktika tanlandi. Bitta o'yindan iborat to'qnashuvda ko'proq diqqatni yo'qotmaslikka harakat qildik.  

- O'tgan mavsumlarda Tojikiston chempionatida to'p tepdingiz. Bu mavsum O'zbekiston Superligasidagi ishtirokingiz shaxsan o'zingiz uchun qanday kechmoqda?

- To'g'risini aytganda o'yin amaliyoti kam berilmoqda. Bu futbolda bo'lib turadi. O'z imkoniyatimni kutaman. "Neftchi" bilan o'yindagi kabi imkoniyat berilsa maksimal foydalanaman. 

- Amaldagi chempion "Nasaf" va mamlakat kubogi sohibi "Andijon" musobaqa bilan xayrlashdi. "Neftchi" ham ortga qaytdi. O'zbekiston Kubogida g'olib chiqish uchun favoritlar kimlar?

- Asosiy favorit deb doim o'z jamoani aytaman va bunga ishonaman. OKMK bilan O'zbekiston Kubogida zafar quchganimizda ham jamoamga ishonganman va mehnat qilishdan to'xtamaganman. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
25 iyu 15:21:58
ULUGBEK MUMINOV
Xammasi yaxshi taktika tanladik deydi qanaqa taktika o'yin boshida darvozabonni xatosi bilan bitta gol urib olib deyarli 90 daqiqa ximoyalanish taktikami biror marta xujumga o'tmadi 2 chi taymda sizlar bir yutmanglar ekanda lekin baribir g'alaba esda qoladi jamoaga omad bizga kuchlilar yutsin nomlar emas
   
25 iyu 22:49:30
PFK HAQIQAT
ULUGBEK MUMINOV foydalanuvchining fikriga javob berish
Xammasi yaxshi taktika tanladik deydi qanaqa taktika o'yin boshida darvozabonni xatosi bilan bitta gol urib olib deyarli 90 daqiqa ximoyalanish taktikami biror marta xujumga o'tmadi 2 chi taymda sizlar bir yutmanglar ekanda lekin baribir g'alaba esda qoladi jamoaga omad bizga kuchlilar yutsin nomlar emas
Jamoyizdagi yarim ximoyachilar xatto Oʻzbekiston terma jamoasi bilan raqobatlashadigan darajada. 4/5 darvozaga aniq tepildi mashal ham xuddi shu statiskani qayt etdi. Neftchi tepgan toʻpi hammasi darvozaga borgani yoʻqku. Mashal yutayotgan edi raqib neftchi ximoyalanish futbolni bir qismi. Ximoyalanish ham taktikaku. Futbolchilar topolmasa mashalni aybi emas.
   
25 iyu 19:05:52
umed rashidov04 James Rodriguez
38 yoshda menimcha yaxshi
championat.asia
Яндекс.Метрика