So’nggi yangiliklar

11:59Суперлига. "Навбаҳор" тўртинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  4 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  4 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0

Ilyos Zeytullaev: "Stadiondagi muhit uchun muxlislarga rahmat aytaman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Stadiondagi muhit uchun muxlislarga rahmat aytaman"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Hammaga xayrli kech. Stadiondagi muhit uchun muxlislarga rahmat aytaman. Bugun ishqibozlar chiroyli stadionda juda chiroyli muhitni yuzaga keltirishdi. O'yinga keladigan bo'lsak, juda yaxshi kechdi. "Neftchi"ga qarshi oson bo'lmasligini bilardik va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Ushbu g'alaba bilan jamoamizdagi barchani tabriklayman.


- Ikkinchi davradagi o'zgarishlar jamoani kuchaytirdi deb hisoblaysizmi?

- Etibor bering, jamoamizni Odil Hamrobekov, Luis Kachorri, Azizbek Amonov kabi etakchilar tark etdi va ularning o'rnini birdaniga to'ldirish oson bo'lmaydi. Biz rahbariyat bilan bu masalani gaplashib, asosiy urg'uni o'z akademiyamizga qaratishni lozim topdik. Chunki bizda iqtidorli yoshlar ko'p. To'g'ri, bu tavakkal bo'lishi mumkin, ammo yoshlar bilan natijaga harakat qilamiz.

- Birinchi taymdagi qizil kartochkali holat bo'yicha fikringiz?

- Bugungi uchrashuvda hakamlik yaxshi saviyada kechdi deb ayta olaman. O'sha vaziyatda qizil kartochkali holat deb o'yladim, ammo hakamlar boshqacha qaror qabul qilishdi, demak ularga yaxshiroq ko'ringan bo'lishi mumkin.

- Hakamning vodiydan ekanligi sizda shubha paydo qildimi?

- Yo'q, men hakamlarning qaerdan ekanligiga mutlaqo qaramayman. Biz hammamiz o'zbekistonlikmiz va futbolni kuchaytirish uchun ishlaymiz. Yurtimizda futbolga etibor o'smoqda. Hakamlar saviyasi ham o'yinga mos ravishda ortib boradi. Bugungi uchurashuvda hakamlar hech kimga yon bosmadi.

- "Bunyodkor" safarda yaxshi natijalar qayd etyapti. Bu haqda nima deya olasiz?

- Kuchli jamoalarga qarshi tayyorgarlik qiyin kechmaydi, futbolchilar ham o'zlarini tayyorlab boradilar. Endi keyingi turni "Sho'rtan"ga qarshi o'tkazamiz. Hozirdan sezib turibman, juda qiyin o'yin bo'ladi.



Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
02 avg 22:34:28
Rustam Ruziyev
Офарин Зейтуллаев, чичқоқ Левченкони латталигини яна бир бор кўрсатдинг.
+1   
03 avg 00:25:26
Davronbek Abduvaliev
Нефтчи таркиби ўта кучли футболчилар бойиган, лекин тренир Левченко жамоа учун нолойиқ экан.
   
03 avg 00:25:19
Davronbek Abduvaliev
Нефтчи таркиби ўта кучли футболчилар бойиган, лекин тренир Левченко жамоа учун нолойиқ экан.
   
03 avg 00:25:13
Davronbek Abduvaliev
Нефтчи таркиби ўта кучли футболчилар бойиган, лекин тренир Левченко жамоа учун нолойиқ экан.
championat.asia
Яндекс.Метрика