Ilyos Zeytullaev: "Jennifer Lopes va shuncha odamni maydondan hayday olmayman-ku"
09 avg 01:41
Yangiliklar


Ilyos Zeytullaev: "Jennifer Lopes va shuncha odamni maydondan hayday olmayman-ku"
- "Neftchi"ga qarshi safar g'alabasidan keyin "Sho'rtan" bilan o'yinda 3 ochkoni olib bo'ldik degan fikr bilan qolib ketgandekmiz. "Sho'rtan"ni bugungi chiroyli o'yini bilan tabriklayman, ularning jamoasi ancha tetik. Ular chempionat oxirigacha barcha jamoalar bilan raqobatlasha oladi. Ikkinchi davrada barcha jamoalarga qiyin bo'ladi. Kechagi o'yinlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. "Neftchi" "Qo'qon-1912" maydonida qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Ligada jon saqlab qolish uchun kurash qanday ekanligini yaxshi bilamiz. Bu istalgan jamoa uchun qiyin. Oldinga harakatlanishda davom etamiz. Bo'lgan voqeliklardan xavotirga tushmaymiz. Kelajakka ijobiy qarayapmiz.
- Turnir jadvalida yuqori beshlikda borayotgan jamoalar ichida faqatgina "Bunyodkor" o'z o'yinini eng oxirgi bo'lib o'tkazdi. Natijalarni ko'rib turib o'ynash futbolchilarga ruhiy bosim bermadimi?
- Istaysizmi, yo'qmi bu albatta bo'ladi. Futbolchilar futbolni kuzatib borishadi. Oldinlari futbolni yoritadigan faqatgina bir sayt bor edi. Hozir ijtimoiy tarmoqlar orqali barchasini bilib olishadi. Balki bu ham qandaydir rol o'ynar. Boshqa tomondan olib qarasak, biz bir yarim yildan buyon birga ishlayapmiz. Futbolchilar o'sishda davom etishmoqda. Biz turnir jadvaliga kamroq etibor berishimiz va natijalarni o'tgan yilgidan ko'ra yaxshilashimiz kerak. Buning uchun shunchaki futbol o'ynashimiz, "Bunyodkor" tashkiloti sifatida o'sishimiz lozim. Lekin barchasi bunday bo'lishi kerak emas.
- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan Matiya Krivokapichning o'yini haqida nima deya olasiz? U ko'proq raqib darvozasiga tisarilgan holda o'ynadi.
- U o'yinni yomon boshlamadi. Uning jangovarlik hususiyati bor, futbol o'ynashdan qo'rqmaydi. Bilasizmi, u nega raqib darvozasiga tisarilgan holatda o'ynadi? Chunki biz ko'p himoyalandik. U bu paytda hududlar ochib berishi va to'pni ushlab turishi kerak edi. Ayrim vaziyatlarda balki unga sovuqqonlik etishmagandir. Boshqa tomondan qarasak to'p unga sakrab keldi. Umuman olganda uning o'yinidan mamnunman. U hali yosh. Ikkinchi davrada bizga ko'p yordam bera oladi.
- Najmiddin Normurodovning chetlatilishi keyingi o'yinlarga qanchalik tasir o'tkazadi?
- Najmiddin istalgan poziciyalarda o'ynashga tayyor futbolchi, u jangchi. U katta yo'qotish. Najmiddin bizda asosiy futbolchiga aylanib ulgurgandi. Bobur Yo'ldoshev ham jarohati sababli safdan chiqqan. Bizda Aleksandr Zevadinov ham bor, u ham yomon holatda emas. Unga ham imkoniyat beramiz, bu uchun men ham xursandman. Sasha ham yaxshi futbolchi.
- So'nggi kunlardagi vaziyat haqida: "Bunyodkor" stadionining chimini ko'rdik. Stadionning asosiy vazifasi futbol o'tkazishmi? Sizningcha "Bunyodkor" o'z maydonida o'ynashi kerakmidi?
- Albatta, biz o'z stadionimizda o'ynashni istagandik. Biroq biz Italiya, Ispaniya yoki Angliyada emasmiz. O'zbekistonda shunday katta masshtabdagi koncert o'tkazildimi, demak tashkilotchilikda o'syapmiz. Masalan Angliya yoki Ispaniyada uch qavatli maydonlar bor. Biror nima bo'lsa boshqa qavatdagi maydonni chiqarishadi. Endi bu umuman boshqa daraja. Rahbariyat maydonni qaytarishga harakat qilmoqda. To'g'risi chim mavzusini tushunmayman. Biroq bilamanki, bizda zo'r mutaxassislar ishlaydi.
- Mayli futbolchi yoki murabbiy emas, oddiy inson sifatida aytsak ham shunday zo'r maydon "o'ldi".
- Ha maydon zo'r edi. Biroq biz nima qila olardik, Jennifer Lopes va shuncha odamni hayday olmaymiz-ku. "Bunyodkor" stadioni, shuncha odamlar... Bu juda katta reklama. Nima ham derdim. Rahbariyat harakat qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Чим ноқулай об хавода ўлди деб далолатома тузадида давлат бюджетидан каррасига қимматига янгилаб беради.
Бу концертдан тушган пул стадион майсасини ўнлаб марта алмаштиришга етади.
Ҳатто Ман Сити стадионида ҳиндистонликлар концерт берганини эшитганман.
Эгалари шайхларга пул керак эмас, лекин ортиқча фойда зиён қилмайди, деб ўйлашган бўлса керак.
Менталитетимизга тўғри келмайди деганлар ҳам адашади, жуда ҳам тўғри келган, концертга борганларнинг ярмидан кўпи айнан Ж. Ло га ўхшаб кийиниб олган видеолари чиқяпти.