So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  1 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Ikrom Aliboev Turkmanistonga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Ikrom Aliboev Turkmanistonga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Ikrom Aliboev Turkmanistonga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuv biz uchun juda yaxshi o'tdi. Birinchi bo'limning o'zida to'rtta gol urganimiz ham buning isboti deb o'ylayman.

Xudo xohlasa keyingi uchrashuvda Yaponiyaga qarshi bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz. Ushbu bahsda o'z imkoniyatlarimizni sinovdan o'tkazib olamiz. CHunki, turnir davomida baribir qitamiz gigantlariga qarshi to'qnash kelamiz. Nasib qilsa, o'sha bahsda yaxshi o'yin namoyish etib, birinchi o'rinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Pley-offdagi raqib? Agar biz chempion bo'lishni istasak raqib kim bo'lishining ahamiyati bo'lmasligi kerak. Baribir musobaqa davomida kuchli raqiblarga qarshi o'ynaymiz. Muhimi, kuchni to'g'ri taqsimlab, o'yindan-o'yinga kuchayib borishdir.




Zaxirada qolayotganim? Bu futbol. Murabbiy meni zaxirada qoldirayotgan ekan, demak bu to'g'ri. Meni zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytiruvchi sifatida foydalanishi ham mumkin. Balki, umuman maydonga tushirmas? Nima bo'lganda ham, bu uning qarori. Murabbiyning qarorini hurmat qilish lozim.

Tanaffusda murabbiy professionallikni ko'rsatish lozimligi, bo'shashmasligimiz kerakligi haqida gapirdi. Ortiqcha jarohatlardan holi bo'lishimiz lozimligi, ushbu hisobni ushlashimiz kerakligini aytdi.

Ikkinchi bo'limda biroz bo'shashganimiz uchun murabbiy asabiylashdi. O'yin oldidan berilgan ko'rsatmalar to'liq bajarildi deb hisoblayman", - dedi Aliboev.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика