So’nggi yangiliklar

11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  0 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  13 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  30 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  20 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  6 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  170 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1

Husniddin G'ofurov: “Bu dunyoda hammasi o'tkinchi” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Bu dunyoda hammasi o'tkinchi”

Bekobodning “Metallurg” klubi bir necha kun oldin Husniddin G'ofurov transferini elon qilgan edi.

Tajribali vinger bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik. 

—  Husniddin aka, 2021 yil oxirida AGMK bilan xayrlashganingizdan keyin sizni yo'qotib qo'ydik. Olmaliqda hammasi yaxshi ketayotgandi. Nega qolmagansiz? “Konchilar” yangi taklif bermaganmidi?

—  AGMK rahbariyati shartnoma bergandi. Lekin qololmasdim. Rahmatli otam o'sha paytda betob edilar. Farg'onaga qaytib, oilamning oldida bo'lishim shart edi. SHukr, oz bo'lsa ham, ular bilan vaqt o'tkazdim. Bu dunyoda qolgan hamma narsa o'tkinchi

—  2022 yilni “Neftchi”da boshladingiz. Jamoaning birinchi davradagi muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo'ldi? 

—  Klubda hammasi yaxshi ketayotgandi. Ammo kimlardir jamoa birlashishi, bitta oila bo'lishini xohlamadi. Bunaqa joyda natija bo'lmaydi. Tasavvur qiling, siz futbolchisiz. Jarohat yoki qandaydir muammoga duch keldingiz. SHunda sizni chetga surib qo'yishyapti. Ruhiyatingizga tasiri bormi?

—  Alam qilsa kerak…

—  Albatta. 

 2-davrani Jizzaxda o'tkazdingiz. Bakaev futbolchilarga ko'proq jismoniy yuklama berishi rostmi?

—  Ha, asosiy etibor jismoniy holatga qaratiladi. CHunki “So'g'diyona” yakkakurashlarga asoslangan jangovar futbol ko'psatardi.

—  OFK kubogidagi mag'lubiyatdan keyin “So'g'diyona” rahbariyati darhol jamoani yig'ib, majlis o'tkazgan ekan. Bakaevning ketishi o'shandayoq aniq edimi?

—  To'g'risi, xabarim yo'q edi.— Superliga klublaridan faqat “Metallurg” xorij yig'iniga chiqmadi. Jamoaning tayyorgarligi qanday ketyapti?

—  CHetga chiqilmagani bizga qiziqmas. Muhimi, jamoa oldiga yuqori maqsad qo'yilayotgani. Hamma sharoitlar muhayyo qilingan. Kuniga 2 mahal shug'ullanyapmiz.

—  Biz oldingi G'ofurovni qachon ko'ramiz?

—  Avvalo, etibor uchun rahmat. O'z ustimda ishlayapman. Tez orada formamni tiklab olaman.

Faxriddin suhbatlashdi 

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика