30 jan 2019 13:00

Gvardiola: "Qiyin bo'ladi"

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida oldinda turgan o'yinlardan oldin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizni og'ir hafta kutmoqda. Oldinda "Arsenal", "Everton" va "CHelsi"ga qarshi bahslar. Agar eng yuqorida bo'lishni istasak, bu chaqiruvni qabul qilishimiz kerak. Oldinda hali ko'plab sovrinlar va ochkolar bor.

CHempionlik poygasini yutish juda qiyin bo'ladi. Bizda bunga imkon bor, lekin buning uchun o'z o'yinlarimizni yutishimiz kerak. Bizda ustunlik yo'q, ammo oldinga intilish kerak. Nima qilish kerakligini bilamiz. Mag'lubiyatga uchrash ham mumkin. Futbolda raqobatga bardosh bera olish zarur", - dedi Gvardiola.


Eslatib o'tamiz, kecha tunda "Manchester Siti" safarda "Nyukasl"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi "shaharliklar"ning "Liverpul" bilan orasidagi farq 4 ochkoni tashkil qiladi. Kamiga Klopp shogirdlari ushbu turdagi o'yinlarini bugun "Lester"ga qarshi o'tkazishadi.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

Manba : BBC
Bu xabar bilan bo'lishing:
  +10 

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

Fikr yozish


Musobaqalar

O'zbekiston Superliga Rossiya Xalqaro Angliya Germaniya Ispaniya Italiya Fransiya Boshqalar →

Intervyular

Яндекс.Метрика