Grand klublar nishonida - "Atalanta" hujumchisi
26 noy 2019 02:29
Yangiliklar


Grand klublar nishonida - "Atalanta" hujumchisi
"Atalanta" klubi hujumchisi Amad Traore o'z jamoasini almashtirishi mumkin.
Calciomercato nashri malumotlariga qaraganda, 17 yoshli futbolichi "Yuventus" va "Manchester Siti" klublarining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.
"Keksa sinora" vakillari afrikalik hujumchini anchadan buyon kuzatishmoqda. Amad yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ECHL musobaqasida namoyish etgan ajoyib o'yini bilan ingliz klubi mutasaddilarining ham nazariga tushgan.
Malumot o'rnida aytish mumkinki, Traore A Seriyaning joriy mavsumida 2 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar