So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Futbol muxlislari diqqatiga! Terma jamoamizga yordam berishni istaysizmi? Yangiliklar

Futbol muxlislari diqqatiga! Terma jamoamizga yordam berishni istaysizmi?

Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Falastinga qarshi o'ynaydi.

Ha, O'zbekiston terma jamoasi o'tgan turda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'ydi, so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib alamli tarzda 3 ochkoni qo'ldan boy berdi. To'g'ri ammo tan olish kerak o'sha bahsda terma jamoamiz yomon o'ynamadi, so'nggi daqiqalardagi omadsizlik va raqib futbolchilarining individual mahorati evaziga imkoniyat boy berildi. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz bor va undan foydalanishimiz kerak. Barcha futbolchilarning, murabbiylarning maqsadi shu. 

Kecha Falastin bosh murabbiyi Nuriddin Ould Ali o'yinoldi matbuot anjumani yakunlangach xonadan chiqqach jurnalistlardan "Ertaga stadion to'ladimi?" deb so'radi. Bunga javoban katta ehtimol bilan bunday bo'lmasligi aytildi. SHunda raqib bosh murabbiyi juda ham xursand bo'lib ketdi va bizga qancha kam muxlis kelsa shuncha yaxshi deb qo'ydi. 

Qadrli futbol muxlislari! Bilamiz Saudiya Arabistonidan uchralgan mag'lubiyatdan xafasiz, to'g'ri terma jamoamiz juda muhim o'yinni boy berib qo'ydi. Ammo bugun ham ochko yo'qotilsa juda ham qimmatga tushadi. SHunday ekan Falastinni o'z maydonida o'ynagandek o'ynamasligi uchun stadionga keling va terma jamoamizni qo'llab quvvatlang! Vatanimiz ham, terma jamoamiz ham bitta! 

Iltimos bu xabarni do'stlaringizga ham yuboring, "Paxtakor" stadionida qanchalik ko'p muxlis bo'lsa Falastinga shuncha qiyin bo'ladi. Stadionga keling va g'alabaga o'z xissangizni qo'shing! 


Ayni paytda uchrashuv chiptalari savdosi iticket.uz saytida, shahar bo'ylab o'rnatilgan maxsus kassa-shaxobchalari hamda “Paxtakor” stadioni kassalarida davom etmoqda.  

Futbol muxlislaridan chipta harid qilishda etiborli bo'lishlarini so'rab qolamiz. CHiptalarni faqatgina iticket.uz rasmiy kassalari, “Paxtakor” stadioni kassalarida va internet orqali harid qiling, qalbaki chiptalardan extiyot bo'ling! Batafsil malumotlar iticket.uz saytida.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика