Eshitdik-da! "Lokomotiv" vakili Denisov va Galiulin bilan muzokara o'tkazish uchun uchib ketdi
24 jan 2019 19:09
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Lokomotiv" vakili Denisov va Galiulin bilan muzokara o'tkazish uchun uchib ketdi
"Paxtakor"ning Marat Bikmaev va Doston Hamdamovga oid yurishidan keyin o'ziga xos javob tayyorlayotgan ko'rinadi.
Gap shundaki, "Lokomotiv" mutasaddilaridan biri kuni kecha Moskvaga uchib ketgan. Safardan asosiy maqsad, Vitaliy Denisov va Vagiz Galiulinni Toshkentga olib kelish. O'zbekiston milliy terma jamoasining bu ikki sobiq futbolchisi "Lokomotiv"ga ko'chib o'tish taklifini rad etmaganlar.
Agar haqiqatdan ham transfer amalga oshadigan bo'lsa, bu 2019 yil "Lokomotiv"ni chempionlik yo'lidagi asosiy favoritga aylantiradi.
Eslatib o'tamiz, Vitaliy Denisov "Krilya Sovetov"da, Vagiz Galiulin esa "Tambov" jamoasi sharafini himoya qilayaptilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar