So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Ektor Kuper: "Mag'lubiyatdan xafa bo'lishga hojat yo'q" Yangiliklar

Ektor Kuper: "Mag'lubiyatdan xafa bo'lishga hojat yo'q"

Osiyo Kubogi doirasidagi Yaponiya - O'zbekiston (2:1) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda dastlab O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi.

- "Mag'lubiyat doimo kishini xafa qiladi. Lekin o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Men yigitlardan xafa emasman. Ushbu mag'lubiyatdan tegishli xulosa chiqargan holda kelgusi muhim o'yinga taraddud ko'ramiz. Yaponiyaga qarshi uchrashuvda futbolchilarim harakatlaridan qoniqish xosil qildim", - deya gap boshladi Ektor Kuper.

- Nimchorak finaldagi raqib Avstraliya haqida nima deya olasiz?

- Avvalo bugungi o'yinni chuqur tahlil qilib, bundan xulosa chiqarish kerak. O'yimizdan xulosa chiqarib bo'lgach esa raqib haqida o'ylashni, ularni o'rganishni boshlaymiz. Bu uchun vaqt etarli. 

- Avstraliya sizlarga nisbatan 2 kun ko'proq hordiq chiqaradi. Bu taraflama ustunlik ular tomoniga og'ib ketmaydimi?

- To'g'ri, bu taraflama ularda kichik ustunlik mavjud. Lekin bu bizga muammo tug'dirmasligi kerak. Musobaqa reglamentidan kelib chiqqan holda bu vaziyatga professional qarashimiz lozim. Biz hozir bu haqda o'ylayotganimiz yo'q.

- Azaldan katta musobaqalarda Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliyaga doimo yutqazib kelganmiz. Nimchorak final chiptasi cho'ntakdaligi bois ham ancha xotirjam va hech qanday bosimsiz o'ynashimiz uchun sharoitlar etarli edi. Lekin natija baribir o'zgarmadi. Nimaga?

- Biz professionalmiz. Bu mag'lubiyat hech qanday vahima emas. Kuchayishda davom etamiz. Birgina mag'lubiyatdan qo'lni siltash yoki xafa bo'lish kerak emas. Bu shunchaki guruh bosqichining oxirgi o'yini edi. Agarda pley-off bosqichida yutqazganimizda boshqa gap edi.

- O'ying teng bo'ldi, deb aytdingiz. Unda mag'lubiyatning sababi nimada?

- Yana qaytarib aytaman, men jamoam va futbolchilarning harakatlaridan qoniqdim. SHunchaki Yaponiya xavfli vaziyatlardan unumli foydalandi. Uchrashuv so'nggida yaxshigina imkoniyat yuzaga keldi, faqat buni golga aylantira olmadik.

- Bugungi o'yinda chap qanot juda kuchsiz harakat qildi. Nega ushbu qanot futbolchilarini almashtirmadingiz?

- Men jamoani chiziqlarga ajratmayman. Men o'yinga baho berishda jamoaga qarayman. Futbol bu matematika emas. Bazan eng kuchli tomonimizdan hujum qilib ham raqib yutib ketishi mumkin.

- Avstraliya jismonan kuchli. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi bo'limda toliqib qoldi. Bu jihat Avstraliya bilan bahsda pand bermaydimi?

- To'g'ri, ular jismoniy jihatdan kuchli. Lekin biz ham shunga monand tayyorgarlik ko'ramiz.

- Guruh bosqichidagi uchta o'yinda uch xil tarkib maydonga tushdi. Ikkinchi bahsda asosiy tarkibda 3 o'zgarish, bugun o'tgan bellashuvga nisbatan 5 o'zgarish amalga oshirilmoqda. Barqaror o'yin chiqmayotganiga boshlang'ich tarkib muntazam o'zgarayotgani ham sabab bo'lmoqdami? CHunki har o'yindagi o'zgarishlar, deyarli barcha chiziqlar bo'yicha almashtirishlar nimadan dalolat? Yoki hali ham asosiy tarkib o'zagini belgilab olmadingizmi?

- Terma jamoada barchani bir xil ko'raman. Bu klub emas, balki terma jamoa. Bu erda barcha kuchlilar jamlanishgan. To'g'ri, o'zgarishlar bo'lib turadi. Jarohat, kartochka va hokazolar tufayli ham bazan o'zgarishlarga qo'l uriladi. Terma jamoada turli klublar sharafini himoya qiladigan futbolchilar kelishadi. Bu erda esa ular bir yaxlit jamoa sifatida shakllanishadi.

Reyting: +144   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика