So’nggi yangiliklar

17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  1 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  0 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  1 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  2 15:38Роналду – энг яхши!  21 15:11"Реал"да можаро: Винисиус янги мураббийнинг ҳаракатларидан норози  13 14:42"Андижон" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  5 14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  1 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  10 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  8 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  1 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  2 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  31

Ekspert minbari. Islom Ahmedov: “Avstraliya safida ikki nafar individual kuchli futbolchi bor” Yangiliklar

Ekspert minbari. Islom Ahmedov: “Avstraliya safida ikki nafar individual kuchli futbolchi bor”

Avstraliya - O'zbekiston uchrashuvi oldidan "Championat.asia" sayti etakchi mutaxassislarimizdan ekspert fikrini taqdim etadi.

BAAdagi Osiyo Kubogini OFK eksperti sifatida kuzatib borayotgan hamyurtimiz Islom Ahmedovga bir qator savollar bilan murojaat qildik.


- O'zbekiston - Avstraliya o'yinidan nimalar kutyapsiz?
- Bu bahsdan barcha o'zbekistonlik muxlislar kabi terma jamoamizning g'alabasini kutayapman!

- Siz OFK eksperti sifatida musobaqani kuzatib bormoqdasiz. Avstraliya terma jamoasi o'yinlarini ham kuzatdingizmi?
- Men bu jamoaning guruhdagi barcha o'yinlarini tomosha qildim. Dastlabki ikki turda Avstraliya faqat natija uchun o'ynadi. Faqat uchinchi turga kelib, g'alaba zarur bo'lganida tezlikni oshirishdi va osonlik bilan kerakli natijani qo'lga kiritishdi.

- Ular ko'proq qanday taktika asosida o'yin ko'rsatishyapti?
- Jamoa asosan to'pni nazorat qilish orqali hujum tashkil etadi, tarkibda ikki nafar individual kuchli futbolchi bor. Bu 21-raqamdagi qanot hujumchisi (Aver Mabil) va 9-raqamdagi markaziy hujumchi (Jeymi Maklaren). Ular yakka o'zlari o'yin taqdirini hal qilib qo'yishlari mumkin. Bundan tashqari 23-raqamdagi futbolchi (Tomas Rogich) ham foydali o'ynamoqda. Suriya bilan bahsda barcha hujum aynan u orqali amalga oshirildi. Juda tartibli, yaxshi tashkil etilgan jamoa, aqlli tarzda himoyalana olishadi, to'p ularda bo'lganida nima qilishni yaxshi bilishadi.



- O'zbekiston terma jamoasi nimaning hisobiga Avstraliyani yutishi mumkin?

- Bizning jamoada individual kuchli futbolchilar juda ko'p. Osiyo Kubogidagi hech bir jamoada bizdagi kabi individual kuchli o'yinchilar yo'q. Bizda tezda hujumga o'tish yaxshi chiqmoqda, deyarli barcha gollarimiz tezkor hujumlardan so'ng urildi.

O'zbekiston terma jamoasining himoyasida muammolar bor. SHu bois himoyaga yotib olish kerak emas, to'p bilan bo'lsak tezkor qarshi hujumga o'tish imkoni bo'lsa shunday qilish shart! Agar tezkor hujum tashkil etishning imkoni bo'lmasa, to'pni imkon qadar ko'proq o'zimizda saqlab turishimiz kerak. Himoyada imkon qadar kamroq o'ynashimiz darkor. Raqib to'p bilan bo'lganida uni ikkinchi zonada qarshi olish kerak, to'pni egallab olganimiz zahoti qarshi hujumga o'tishimiz kerak. Bu hozircha bizning eng kuchli tomonimiz.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi



Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика