"Bunyodkor" darvozaboni OKMKga o'tdi
20 iyu 07:10
Yangiliklar


"Bunyodkor" darvozaboni OKMKga o'tdi
OKMK jamoasi yozgi transfer oynasidagi yurishlarini davom ettirmoqda.
Klub o'z safiga "Bunyodkor" darvozaboni Hamidullo Abdunabievni qo'shib oldi. Kiper kechadan OKMK mashg'ulotlariga qo'shildi. Bu haqida saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov xabar berdi. Abdunabiev 2024 yilning ikkinchi davrasidan buyon "qaldirg'ochlar" darvozasini qo'riqlab kelayotgan edi.
U joriy mavsum jamoa libosida Superligada 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi, o'z darvozasidan 4 ta to'p olib chiqdi.
Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining qiymati 400 ming evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar