So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  3 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  6 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Braziliyalik futbolchi debyut qilgan o'yinda "Dinamo" Latviya chempionati sovrindorini mag'lub etdi Yangiliklar

Braziliyalik futbolchi debyut qilgan o'yinda "Dinamo" Latviya chempionati sovrindorini mag'lub etdi

Teglar :  Kojo JoelAudaDinamo
"Dinamo" jamoasi Turkiyadagi yig'ini doirasidagi so'nggi uchrashuvini Latviya chempionatining amaldagi bronza medali sohibi "Auda" klubiga qarshi o'tkazdi

Belekda o'tgan uchrashuvda Vadim Abramov bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. O'yinning birinchi bo'limi yakunida Xislat Xalilovning chiroyli uzatmasini Kojo Joel bir himoyachini ortda qoldirgan holda darvozaga yo'llab, hisobni ochdi – 1:0.

Ikkinchi bo'limda Kojo Joelning o'rniga maydonga tushgan Anvarjon Hojimirzaev ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. U Sanjar SHoahmedovning etkazgan to'pini golga aylantirdi – 2:0. 

Ikkinchi bo'lim yakunida raqib bitta gol urib, farqni qisqartirdi - 2:1.

Bahs yakunigacha hisob boshqa o'zgarmadi va Samarqand klubi Turkiyadagi yig'inini g'alaba bilan yakunladi. Ko'hna shaharliklar 21 fevral kuni O'zbekistonga qaytib kelishadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. 20 fevral

"Dinamo" (O'zbekiston) - "Auda" (Latviya) – 2:1

Gollar: Kojo Joel 45, Anvarjon Hojimirzaev 68. - 86'.

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Artyom Sokol, Odil Abdumajidov, Ratino, Xislat Xalilov, Francis Narx, Vladimir Kozak, Farrux Ikromov, Sanjar SHoahmedov, Kojo Joel 

Ikkinchi bo'limdan maydonga tushganlar: Anvarjon Hojimirzaev, Humoyunmirzo Iminov, Muhammadbobur Asadullaev, Komil SHarofutdinov, Vohid Oqbo'taev, Emmanuel Yagr, Abubakr Muydinov, Anvar Fayzullaev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика