So’nggi yangiliklar

15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  1 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  3 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  9 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3

Birinchi liga yakuni. O'z maydonida yutqazmagan "Mashal" haqida Yangiliklar

Birinchi liga yakuni. O'z maydonida yutqazmagan "Mashal" haqida

Yurtimizda birinchi liga o'yinlari poyoniga etdi. "Jo'jalarni sanash" payti keldi.
Bugundan boshlab birinchi liganing ikkinchi bosqich yakunlariga bag'ishlangan statistik malumotlarni berib boramiz. Demak, bu borada dastlab chempionatni 1-o'rinda tugatgan "Mashal" jamoasidan boshlaymiz.

Muborakliklar joriy mavsumning o'zidayoq, astoydil harakat qilib yana kuchlilar safiga qaytdi. Qaytganda ham birinchi o'rinni egallab. Asosiy taqibchisi bo'lgan "Andijon"ni o'zaro har ikkala bahsda ham mag'lubiyatga uchrataga olgani gazchilarning bu yil haqiqatdan ham boshqalarga nisbatan kuchli ekanligini anglatib turibdi.

"Mashal" futbolchilari ikkinchi bosqichda jami 15ta o'yinda maydonga tushdi. "Istiqlol" bilan o'yin esa toshkentliklarning safarga bora olmagani natijasida "Mashal"ga texnik g'alaba yozildi. Muborakliklar ikkinchi bosqichning 8ta o'yinini o'z maydonida o'tkazdi. Etiborlisi jamoa barcha o'yinlarda muxlislarini g'alaba bilan quvontirdi.

Qolgan yana 8ta turni esa safarda o'tkazgan gazchilarga mehmondagi o'yinlar oson kechmadi. Boisi Aleksandr Xomyakov boshqaruvidagi jamoa 8ta o'yinlan atiga 3tasida g'alaba qozona oldi. 2ta bahsda durang va yana 3ta o'yinni boshi egik xolda tark etdi.

Muborakliklar 16ta o'yinda hammasi bo'lib, 41ta gol kiritdi. Har bir bahsga o'rtacha 2,56 tadan gol to'g'ri kelmoqda. Gollarning 29tasi Muborakda kechgan uchrashuvlarda kiritilgan bo'lsa, mehmondagi o'yinlarda mashalchilar 12ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.  

Ortda qolgan o'yinlar davomida "Mashal" posbonlari o'z darvozalaridan hammasi bo'lib, 10ta to'p o'tkazib yubordi. Uydagi o'yinlarda 3ta, mehmonda esa 7ta! Bundan ko'rinib turibdiki, gazchilar uchun haqiqatdan ham safardagi bahslar oson o'tmagan.

Ikkinchi boskichda kim qancha gol urdi?
Zohir Qo'ziboev 12   
Viktor Klishin 6   
Jaxongir Abdumo'minov 5
Mirzohid G'ofurov 3   
Bahodir Murtazoev 3   
Ixtiyor Toshpo'latov 3   
Jamshid Hasanov 3
Eldor SHomurodov 2   
Rustam Azamov 1   
Akbar Hotamov 1   
Abbos SHodmonov 1   

Jamoa statistikasi

Barcha o'yinlar - 15
Barcha gollar - 41
Uydagi gollar - 29 (70,73%)
Mehmondagi gollar - 12 (29,27%)
O'tkazib yuborilgan gollar - 10
Uydagi - 3 (30%)
Mehmondagi - 7 (70%)
O'rtacha urilgan gol - 2,73
Har bir o'yinda o'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar - 0,67
Uyda to'plangan ochkolar - 24/24 (100 %)
Mehmonda to'plangan ochkolar - 10/21 (47,62 %)
Eng yirik g'alab  - 5:0 "CHust-Paxtakor"
Eng yirik mag'lubiyat - 1:2 - "Oqtepa", "CHust-Paxtakor"
Gol o'tkazilmagan o'yinlar - 7 (46,67%)
Golsiz o'yinlar - 1 (6,67%)
Irodali g'alabalar - 1
Irodali durang - 1
Iroadsiz mag'lubiyat - 1
Irodasiz durang - 0
Yirik g'alaba - 8
Yirik mag'lubiyat - 0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) - 1/0
Ogohlantirishlar (har bir o'yinga o'rtacha) - 23 (1,53)
CHetlatish (o'rtacha)  - 1 (0,07) 
Tomoshabin (jami/o'rtacha) - 16611/1107

Izoh: "Mashal"ning bitta texnik g'alabasi bor.

Islombek Rustambekov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика