"Barsa" o'z yarim himoyachisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
15 iyu 22:35
Yangiliklar


"Barsa" o'z yarim himoyachisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
Flik yangi mavsumda 33 yoshli yarim himoyachiga tayanmayapti (Marca).
"Barselona" Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Marca’ning xabar berishicha, klub bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Jirona"dan ijaradan qaytgan 33 yoshli yarim himoyachini jamoada ko'rmayapti. Yaqin kunlarda futbolchi va murabbiy uchrashuv o'tkazadilar.
Takidlanishicha, "Barselona" Romeu bilan 2026 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti - yarim himoyachi bilan xayrlashishning turli variantlari, jumladan shartnomani bekor qilish ham ko'rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, "Jirona" bosh murabbiyi Oriol Romeuni kelgusi mavsumda ham o'z jamoasida ko'rishni xohlayapti. Barcha tomonlar futbolchining kelajagi masalasini "Barselona"ning Osiyo turnesi boshlanishidan oldin hal qilishga intilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar