So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Argentinada Emiliano Sala bilan xayrlashishdi, hatto "Kardiff" bosh murabbiyi ham tashrif buyurdi Yangiliklar

Argentinada Emiliano Sala bilan xayrlashishdi, hatto "Kardiff" bosh murabbiyi ham tashrif buyurdi

Marosimdan so'ng tobut yoqib yuborildi.

Marhum Emiliano Sala Argentinada dafn qilindi. Franciyaning "Nant" jamoasidan "Kardiff"ga ko'chib o'tgan, lekin birorta o'yinda maydonga tushishga ulgurmagan xujumchi 2019 yilning 21 yanvarida halok bo'lgan edi. Futbolchi uchgan samolyot yakunda Normand orollari yaqiniga (suvga) qulagan va futbolchining jasadi qidiruv ishlaridan so'ng 3 fevral kuni topildi.
Oradan 12 kun o'tib Salaning jasadi Argentinaga etkazildi (Pilot Devid Ibbotson hali ham topilganicha yo'q).

"Emi afishasi", Salaning birinchi jamoasi "San-Martin de Progreso" (1994-2005 yillarda shug'ullangan) klubining binolari oldida osilgan.


Emiliano bilan vidolashuv marosimi klub sport majmuasi binosida bo'lib o'tdi. Odamlar ertalab soat 7:00 dan yig'ilishni boshlashdi.


Hamma kichik marosimlar 2,5 ming aholi istiqomat qiladigan Progreso shahrida o'tkazildi (Sala shahardan uzoq bo'lmagan Kululu qishlog'ida tug'ilgan). "Butun shahar 21 yanvar kuni zulmatga botib ketgandek tuyuuldi", - deya hikoya qiladi mahalliy aholidan biri ESPN nashriga.

Uelsdan ham insonlar tashrif buyurishdi. Bu "Kardiff" klubi egasi Ken CHu.


"Kardiff" bosh murabbiyi Nil Uornok


Mayitning tobutini "Nant" futbolchisi Nikolas Pallua (soqolli), Emilianoning ukasi (markazda, ko'k shimda) va Salaning otasi Dario Sala (qizil futbolka) ko'tarishdi.


Karina Mersedes Tafarrel, Emilianoning onasi


Mirta Taffarel, Emilianoning holasi. "Vaziyatda nima bo'lganini shahsan menga aytib beradigan masul shaxs topmoqchiman. Ammo, bu faqatgina baxtsiz hodisa kabi ko'rinadi", - dedi u jurnalistlarga.


Salaning singlisi Romina Sala


Vidolashuvdan so'ng [Emiliano Sala]ning tobuti Santa Fe shahriga olib ketildi, u erda oila azolari va yaqin do'stlari huzurida yoqib yuborildi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика