Anri Franciya terma jamoasi haqida: "Yangi murabbiy kim bo'lishini barchamiz bilamiz"
10 sen 21:44
Yangiliklar


Anri Franciya terma jamoasi haqida: "Yangi murabbiy kim bo'lishini barchamiz bilamiz"
Terri Anri Dide Deshamning Franciya terma jamoasidagi vorisi allaqachon belgilanganini malum qildi.
Bosh murabbiy 2026 yilgi jahon chempionatidan so'ng milliy jamoani tark etishini avvalroq aytgan edi. Uning o'rnini Zinedin Zidan egallashi kutilmoqda.
Anridan ushbu lavozimga davogarlik qilish istagi bor-yo'qligi so'raldi. Javobida Franciya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zidanning ismini to'g'ridan-to'g'ri aytmagan holda, unga ishora qildi.
"Nima deb javob berishni bilmayman.
Yangi murabbiy kim bo'lishini barchamiz bilamiz. Buni siz ham, men ham bilaman.
Men unga eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman," - dedi Anri CBS telekanaliga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar