So’nggi yangiliklar

18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  6 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9

Andrey Fyodorov: “Dastlabki rasmiy o'yinga qadar jamoa yaxshi formaga kiradi” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “Dastlabki rasmiy o'yinga qadar jamoa yaxshi formaga kiradi”

Xabaringiz bor, shu kunlarda “Lokomotiv” yangi mavsumga hozirlikni Turkiyada olib boryapti.

O'zbekistonning amaldagi chempioni bu yil ham o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan. Avvalo chempionlikni saqlab qolish, O'zbekiston Kubogida zafar quchish hamda Osiyo chempionlar ligasida imkon qadar uzoqqa borish. Buning uchun tarkibga bir nechta yangi futbolchilar qo'shib olindi.

“Lokomotiv” kecha Turkiya yig'ini doirasida o'zining ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Moskvaning “Dinamo” klubi bilan kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. “Temiryo'lchilar” safida Avazbek O'lmasaliev gol muallifi bo'ldi. O'yindan so'ng jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

– Andrey Vitalevich, yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti?
– Yig'in yaxshi davom etyapti. Ob-havo ham bemalol ochiq maydonda shug'ullanish imkonini beryapti. Birinchi kelganimizda ob-havo xalaqit berib yaxshi shug'ullana olmasak kerak deb o'ylagandik. Lekin hozircha hammasi yaxshi. BAAda tashkil etilgan dastlabki yig'inda asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratgandik. Bu erda esa jismoniy holat bilan birga to'p bilan ishlashni ham asosiy o'ringa qo'yganmiz. Meni xursand qilgan jihati jamoamizga yangi qo'shilgan futbolchilar tezda kirishib keta olishdi. Bu jamoa uchun juda muhim.



– Darvoqe, yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?

– Ular uchun xursandman. Har bir jamoada o'zgarishlar ro'y berib turadi. Kimdir ketadi, kimdir keladi. Futbolda bu normal holat. Muhimi, jamoa o'z uslubini saqlab qolishi. Har bir mashg'ulotda futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni uddalab bajarishga harakat qilishyapti. Umuman jamoadagi barcha yuqori ishtiyoq bilan ishlayapti. Kecha Turkiya yig'ini doirasida dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Sekin-asta yangi futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatishmoqda. Hali oldinda uchta nazorat bahsi bor va bu uchrashuvlarda ham futbolchilarni sinab ko'ramiz. O'ylaymanki, birinchi rasmiy o'yingacha jamoa yaxshi formaga kiradi.

– Nima deb o'ylaysiz, jamoaga yana yangi futbolchilar kerakmi?

– Yangi futbolchilar har doim kerak. CHunki professional klub yil bo'yi selekciya siyosatini bir zum to'xtatmaydi. Ammo hozirgi tarkibdan ko'nglim to'q. Bu o'rinda bizdan shu futbolchilardan yaxlit jamoa tuzish talab qilinadi. Agar jamoani haqiqatan kuchaytira oladigan bo'lsa yangi futbolchi kerak. SHunchaki sonni to'ldirish uchun o'yinchi zarur emas deb o'ylayman.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика