So’nggi yangiliklar

08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   0 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  1 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  3 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  3 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  11 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  2 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0

“Andijon”ning yangi legioneri klubga qanday kelgani, mavsumga qanchalik tayyorligi va qaysi raqamda o'ynashni yoqtirishi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

“Andijon”ning yangi legioneri klubga qanday kelgani, mavsumga qanchalik tayyorligi va qaysi raqamda o'ynashni yoqtirishi haqida fikr bildirdi

Teglar :  AndijonDemir Imeri
Malumki, qishki selekciya chog'ida “Andijon” tarkibiga yangi qo'shilgan o'yinchilar orasida makedoniyalik legioner Demir Imeri ham bor.

Tajribali yarim himoyachi Antaliyada “Burgutlar” bilan shartnoma imzolagan va rasman “Andijon”ning yangi azosiga aylangan.

-Demir, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! O'zbek futboli haqida nimalarni eshitgansiz?

-Avvalambor, meni juda iliq kutib olishgani uchun katta rahmat. O'zbekistonda futbol yuqori suratlarda taraqqiy etmoqda. Kundan-kunga jadallik bilan o'sib boryapti. Bu futbol o'ynash uchun juda yaxshi mamlakat ekanligini eshitdim.

-Adashmasam, oxirgi klubingiz Qozog'istonning “Atirau”si bo'lgan. Aytingchi, siz uchun “Andijon” klubiga o'tish faoliyatingizda oldinga tashlangan qadammi?

-Haqiqatan to'g'ri. Mening oxirgi klubim Qozog'istonning “Atirau” jamoasi bo'lgan. Lekin men O'zbekiston va uning chempionati to'g'risida juda yaxshi malumotlar eshitdim va yurtingizga kelishga qaror qildim. O'ylaymanki, bu faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo'ldi, deb hisoblayman.

-Demir, sizga aynan “Andijon”dan taklif bo'lishini kutmaganmidingiz yoki faoliyatingizni O'zbekiston chempionatida davom ettirish rejangizda bormidi?

-Meni oldimda bir qator xorij davlatlaridan variantlar bor edi. Lekin men Osiyoda to'p surishni xohladim va meni O'zbekiston juda ham qiziqtirdi. Menga “Andijon”dan qo'ng'iroq qilishganida u erda o'ynashga tayyor ekanligimni aytdim.

-Ilgari ham sizga yurtimizdan qiziqishlar bo'lganmi?

-Muzokaralar bo'lgan. Lekin hech nima rasmiylashmagan.

-O'zingiz uchun raqam tanlab oldingizmi?

-Aytishim mumkinki, 31 men uchun omadli raqam.

-“Andijon” siz uchun yangi jamoa va bu erda sizga ko'proq nima yoqyapti?

-Meni hamma juda yaxshi kutib oldi. Jamoa bilan Antaliyada bo'ldim. Klubda o'zimni juda qulay, Xudoga shukurki, xuddi o'z uyimda yurgandek his qildim.

-Demir Imeri yangi mavsum uchun tayyormi? CHunki muxlislarimizning sizdan umidi katta…

-Yaqinlashib kelayotgan yangi mavsum oldidan motivaciyaga to'laman. “Andijon” klubini juda ajoyib fanatlari borligini ko'rdim. Bunday muxlislar qarshisida tezroq maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman. Bunday jonkuyar ishqibozlar qarshisida to'p surish men uchun juda qulay va qiziqarli.

-Bu erga kelishdan avval jamoa haqida nimalarni bilib oldingiz?

-U erda futbolni nihoyatda yaxshi ko'rishlarini eshitdim. Muxlislar doimo sevimli jamoasi bilan birga ekan. Andijonga tezroq borib, yanada ko'proq malumotlar ega bo'lishni va g'alabalarga o'z hissamni qo'shishni istayman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика