So’nggi yangiliklar

10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  0 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  10 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  9 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  75 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7

“Andijon” yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi Yangiliklar

“Andijon” yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishdi

Teglar :  "Andijon"
Ayni damda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Toshkentda olib borayotgan “Andijon” o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan kelishuvga erishdi.

Jumladan, oxirgi ikki yilni “Buxoro” safida o'tkazgan Akmal Tursunboev “Andijon” yig'iniga kelib qo'shildi. Iqtidordi darvozabon 2016 yilgi mavsumda ham “burgutlar” sharafini himoya qilgandi. SHunday ekan malum muddatlik tanaffusdan Tursunboev yana “Andijon”ga qaytdi. Mudofaa chizig'ini kuchaytirish maqsadida “Metallurg” bilan xayrlashgan Abror Xusinov taklif etildi. CHap qanot himoyasi va markaziy himoyada birdek o'ynay oladigan futbolchi, kuni-kecha “Andijon” bilan rasman kelishuvga erishib, yangi mavsumni “burgutlar” safida o'tkazadigan bo'ldi. Undan avvalroq yana bir tajribali himoyachi Bobur Akbarovni ham yana “Andijon”ga qaytgani haqida xabar bergandik. Andijonlik futbolchi joriy mavsumni yana qadrdon jamoasida o'tkazadigan bo'ldi. 

Qanot yarim himoyasidagi bo'shliqni to'ldirish maqsadida, “Mashal” bilan xayrlashgan iqtidorli futbolchi Abdulloh Olimov va o'tgan mavsum “Neftchi” sharafini himoya qilgan Abdurahmon Abdulxaqov taklif etildi. Ushbu futbolchilar ham rahbariyat bilan muzokara o'tkazib, yakunda “Andijon” uchun o'ynashi aniq bo'ldi. 

Hujum chizig'idagi raqobatni oshirish niyatida o'tgan mavsumni “Navbahor”da o'tkazgan Sardor Sulaymonov bilan Ro'zimboy Ahmedov taklif etildi. Ushbu futbolchilar ham joriy mavsumni “burgutlar” tarkibida o'tkazadi.

Jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi o'zaro maslahatlashgan xolda, bu yil legionerlar xizmatidan ham to'liq foydalanishga kelishib olindi. Hozirda bu bo'yicha ham bir qator xorijlik futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda. Yaqinda Armanistondan ko'rikka taklif etilgan markaziy yarim himoyachi Aram Sargsyan murabbiylarda ijobiy taassurot qoldirmagani uchun ortga qaytib ketdi. U bilan birga belorussiyalik hujumchi Mikalayu Zemko ham o'zidan yaxshi taassurot qoldirmagani tufayli, uyiga qaytib ketishga ruhsat berildi. 

Ularning o'rniga moldoviyalik yarim himoyachi va hujumchi taklif etildi. Hozirda ular ko'rikdan o'tkazilmoqda. Agarda xarakatlari maqul kelsa, rasman shartnoma tuziladi.    

Bundan tashqari yana ayrim futbolchilar bilan muzokara jarayoni davom etmoqda. Ularning ayrimlari yaqin kunlarda jamoa safiga kelib qo'shiladi. 

“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика