So’nggi yangiliklar

15:44Мали U-17 Ўзбекистон U-16 терма жамоаси дарвозасини 5 марта ишғол қилди  10 15:32Рустам Акрамов хотирасига бағишланган мусобақа бўлиб ўтди  0 15:18ОФК Чақирув Лигаси саралаши. "Фальконс" "Тайчун"дан устун келди, ўзбекистонлик ҳужумчидан дубль!  1 14:50"Сўғдиёна"да синовли саҳифалар старти — Иван Бошковични олдинда нималар кутяпти? У ёзда жамоани кучайтира олдими?  2 14:27Расман: ПСЖ украиналик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 14:05"Пахтакор-79" хотирасига ҳурмат бажо келтирилган, жамоалар дурангга рози бўлган "Динамо" – "Пахтакор" баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 13:31"Андижон" – "Навбаҳор" ўйинини ким шарҳлаши маълум  16 13:01"Хоразм" билан ўйинда "Бухоро"ни ким бошқариши маълум  2 12:35ОФК Чақирув лигаси. Ўзбекистонлик ҳакамлар Сурия ва Бангладеш жамоалари ўртасидаги учрашувда ишлайди  0 12:13Игорь Сергеев: "Ҳакамларга ўйин борасида жиддий саволлар бор. "Пахтакор-79" билан боғлиқ фожиани унутмаслик лозим"  3 11:58Улуғбек Ҳошимов: "Пахтакор"га қарши биринчи марта ўйнаётганим йўқ"  3 11:27Бобир Абдихолиқов: "Ҳар қандай футболчи асосий таркибда ўйнашни хоҳлайди"  5 11:24Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор" янги футболчиларининг лицензиясини қайтариб олиниши ва очко олиб ташланиши мумкин"  16 11:10Жуд Беллингемнинг қачон сафга қайтиши маълум   1 10:51"Манчестер Юнайтед" яна бир 60 миллион евролик трансферни амалга оширмоқчи  0

2013 yilda transferdan eng ko'p daromad ko'rgan Evropaning 10 ta klubi Yangiliklar

2013 yilda transferdan eng ko'p daromad ko'rgan Evropaning 10 ta klubi

Quyida keltirilgan maqolada 2013 yilda Evropa transfer bozorida eng ko'p foyda topgan klublar to'g'risida malumot berib o'tamiz.
Xabaringiz bor yozgi tarnsfer oynasi paytida juda ko'p mashxur futbolchilar (David Vilya, Mario Gyotce, Neymar, Radamel Falkao...) o'z klublarini boshqa top-klubga o'zgartirdilar va bu bilan sobiq klublariga moliyaviy foyda keltirdilar. Bu futbolchilarning keyingi vazifasilari yangi klublari sharafini himoya qilibgina qolmasdan, o'z tajribalaridan kelib chiqib klublarga etarlicha g'alabalar taqdim etishlari kerak bo'ladi.

10. “Lill”
22.5 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
7.45 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 15.05 mln evro foyda ko'rdi.

O'tgan mavsumdagi CHempionalar ligasining eng yaxshi o'yinchisi Dimitri Payeni 10 mln evroga “Marsel”ga sotib yuborgan “Lill”, transfer jadvalining 10 taligidan o'rin egalladi va bu bilan “Lokomotivni jadvaldan chiqarib yubordi. Paye o'rniga esa klub, “Bastiya” klubini qishda tark etgan Tovenni olishni mo'ljallayapdi. “Lill”ning yoz mavsumida amalga oshirgan eng foydali transferi bu murabbiy Rene Jerar bo'ldi. Endi u o'tgan mavsum evrokuboklarda ishtirok eta olmagan “Lill”ni evrokuboklarga qaytarishi kerak bo'ladi.

9. “Sporting”
17.6 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
2.05 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 15.55 mln evro foyda ko'rdi.

Sporting transferdan ko'rgan foydasining 2/3 qismi Rikki va Volfsvinkelni “Norvich” klubiga sotishdan kelib tushdi. Lissabonliklar bu yili yangi futbolchilar uchun juda kam mablag' sarflashni rejalashtirishgan. Klubning amalga oshirgan eng ko'zga ko'rinarli transferi Migel Lopeshni “Portu”ga ijaraga berish bilan, ushbu klubning o'zidan Marat Izmaylovni xarid qilishi bo'ldi. Bunday kelishuv ikkala tomonga ham yaxshigina foyda keltirdi. “Sporting” transferlar mavsumi so'ngida ushbu jadvalning yanada yaxshiroq o'rinidan joy olishi mumkin. CHunki klubning yosh to'purari Bruma bilan “CHelsi” klubi qiziqayotgan bo'lsa, klub darvozaboni Patrisiuga – “Arsenal”, “Portu” va “Monako” klublari qiziqishayapti.

8. “Bayer”
38.6 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
19 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 19.6 mln evro foyda ko'rdi.

Liverkuzenliklar yozgi transferni juda mantiqiy tarzda amalga oshirishdi. Klub futbolchisi SHorrle o'rniga “Gamburg” klubining koreyalik futbolchisi Son Xen Min xarid qilingan bo'lsa, himoyachi Daniel Karvaxal o'rniga “Inter”ga unchalik katta foyda keltirmagan italiyalik Julio Donatti xarid qilindi. Yozgi transfer oynasida “Bayer”, futbolchi xaridiga qaraganda futbolchilarni sotib yuborishdan ikki baravar ko'p foyda ko'rdi.

7. “Monpele”
20.5 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
0.7 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 19.8 mln evro foyda ko'rdi.

“Monpele” top klub darajasiga ko'tarilgani uchun “Nyukasl” va “Dinamo” klublaridan minnatdor bo'lishi kerak, chunki bu klublar undan futbolchilarni xarid qilishi bilan klubning moliyaviy saviyasini anchagina ko'tarishga yordam berishdi. Yang-Mbiva va Belxandlar uchun “Monpele” 19 million evro ishlab oldi va hozircha bu pullarni sarflash niyatida emas.

6. “Dinamo” Moskva
22.5 mln evro miqdoriga teng bo'lgan futbolchilar sotildi
1.2 mln evrogya yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 21.3 mln evro foyda ko'rdi.

Aleksandr Kokorin ko'rsatayotgan ajoyib ochiq o'yin va klubning legionerlar yordamidan unchalik ko'p foydalanmasligi “Dinamo”ga ushbu mavsumda 19 million evro foyda keltirdi. Endi klub Dyadyun, Natxo va Sapogovlarga qiziqa boshlayapdi.

5. “Sevilya”
34.4 mln evro miqdoriga teng bo'lgan futbolchilar sotildi
11.7 mln evrogya yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 22.7 mln evro foyda ko'rdi.

“Manchester Siti”dan olingan 20 million evroni ispanlar aql bilan shoshmagan holda sarflashga harakat qilayaptilar. Endi ular katta narxdagi futbolchilarni emas, balki narxi 2-3 million evroga teng bo'lgan futbolchilarni o'z saflariga qo'shishga harakat qilayapdilar. Ushbu mavsumda “Sevilya” Alvaro Negredoni Xesus Navasni sotgan naxda sotadigan bo'lsa, jadvalimizning katta to'rtligiga kirishi mumkin.

4. “Atletiko”
60.35 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
15.6 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 44.75 mln evro foyda ko'rdi.

Eng muhimi o'yinchilarni qanday narxda sotishingda emas, balki qaysi klubga sotishdadir. “Atletiko”, klubga katta mehnati singgan Falkaoni 60 mln evroga “Monako” klubiga sotib yubordi. Agarda sening futbolchilaringga “Monako”dek klub ko'z olaytirgan bo'lsa, shoshmagan holda xayolingga kelgan transfer bahosini qo'yishing mumkin. CHunki bunday klublar Falkaodek futbolchi uchun xoxlagan narxni berishlari mumkin.

3. “Malaga”

49.3 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
2.75 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 46.55 mln evro foyda ko'rdi.

“Malaga” klubini hozirgi shayx sotib olmaganida, hozirda bu klub boshqa ro'yxatda bo'lardi. Ushbu mavsumda ispanlar yangi futbolchilar uchun unchalik katta mablag' sarflashmayapdi va aksincha CHempionlar ligasida yaxshi ishtirok etgan eski futbolchilarni katta narxga sotib yuborishayapdi.

2. “SHaxtyor”
103.5 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
54.24 mln evroga yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 49.26 mln evro foyda ko'rdi.

“SHaxter”ning ushbu transfer oynasida amalga oshirayotgan harakatlarini, MDHdagi davlatlarning hech bir klubi hali amalga oshirmagan.  Klub 3 ta futbolchisini sotish bilan 102.5 mln evro ishlab oldi (2013 yildagi evropa rekordi). Klub Villianni 35 mln evroga, Fernandinoni 40 mln evroga va Mxitaryanni 27.5 mln evroga sotib yubordi (bu futbolchilar uchun esa bundan ortiq narxni hech bir klub taklif eta olmasdi). Bu pullarning yarmini Ukraina chempionalari yangi braziliyalik futbolchilarni sotib olishga sarflashishdi. Endi ularni klubda to'g'ri tarbiyalab yanada kattaroq narxga sotish mumkin.

1.“Portu”
75.75 mln evro miqdorga teng bo'lgan futbolchilarni sotdi
20.8 mln evrogya yangi futbolchilar xarid qilindi
Transferdan 54.95 mln evro foyda ko'rdi.

Hozirda transferlar oynasida “SHaxter”dan keyin eng ko'p foyda ko'rgan klub bu, jahonda futbolchilarni sotish bo'yicha eksperga aylanib ketgan “Portu” klubi bo'lib turibdi. Har yilgi transferlar oynasi davrida klub, yang yaxshi futbolchilarini sotib yuboradi va ularning o'rniga yosh futbolchilardan bir nechtasini xarid qiladi. Ushbu masumda portugaliyaliklar Meksika klublaridan yangi yosh futbolchilarni o'z saflariga qo'shib oldilar va bu uchun ular 15 mln evro sarfladilar xolos.


Miraziz Murodov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика