Zyule va Gorecka PSJga qarshi javob o'yinida ishtirok etmaydi

Alisher
8 apr 2021, 18:24
Niklas Zyule va Leon Gorecka "Bavariya"ga CHL 1/4 final doirasidagi PSJga qarshi javob o'yinida ilk bahsda olgan jarohatlari sabab yordam bera olishmaydi.

Zyule 2-3 haftadan so'nggina futbol maydoniga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, kecha "Bavariya" o'z stadionida PSJga 2:3 hisobida yutqazdi, Zyule va Gorecka esa tanaffusga qadar almashtirildi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini keyingi seshanbada, aniqrog'i 13 aprelda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild