Zukko muxlis tanlovi!

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013
Chiroyli gollar va shiddatli hujumlar, dribling va taktik mahorat futbolni barchani o'ziga maftun etuvchi bezaklari desak yanglishmaymiz.
Shuningdek, u o'yindan keyingi xotiralar bilan ham o'zgacha suhbat, tortishuv sababchisi hamdir. Bugundan boshlab har chorshanba kuni sizning hukmingizga beshtadan savol havola etiladi. Bu savollar asosan milliy chempionatimiz tarixi va statistikasidan tuziladi. Demak, har chorshanba kuni “Zukko muxlis tanlovi” savollarini saytimizda kutishingiz mumkin.

Savollar javob topish orqali milliy chempionat va kubok o'yinlarida sodir bo'lgan o'sha qiziqarli va tortishuvli holatlarni yana bir esga olsak ajabmas.

Tanlovni bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogi tarixidan kelib chiqqan savollar bilan boshlashga qaror qildik.

Dastlabki 5 savol:
1.   O'zbekiston kubogi finalida bir necha marta jamoani bosh murabbiy sifatida boshlab tushgan ammo g'olib bo'la olmagan murabbiyni toping.

2.   Mamlakat kubogining final uchrashuvlarida bir qiziq holat ikki marta kuzatilgan. Finalda ishtirok etgan ikki futbolchi ketma-ket ikki final uchrashuvida jamoasini o'zgartirishiga qaramasdan g'olib bo'la olmagan. Qiziq tomoni har ikki futbolchi birinchi yil o'z jamoasi bilan mag'lub bo'lgan bo'lsa, keyingi yil sobiq jamoasiga mag'lub bo'lgan. Shu ikki futbolchini toping.

3.   O'zbekiston kubogi bahslarida sermahsul futbolchilar borligi shubhasiz. Kubokning bir mavsumida eng ko'p gol urib to'purar bo'lgan futbolchi kim va u nechta gol urgan?

4.   Bugun ikki futbolchi uzoq vaqtdan beri ushalmayotgan orzusi ro'yobga chiqish arafasida. Har ikkisi ko'p marta kubok finalida o'ynagan ammo kubok sohibi bo'lish nasib etmagan. Bu ikki futbolchi kim bo'lishi mumkin?

5.   Kubok bahslarida eng sermahsul o'yinni eslab ko'ring. O'sha o'yin hisobini ham topsangiz tasanno!


Baxtiyor Shirinov.


Javoblarni mana shu xabar tagiga yozib qoldirish mumkin. Javoblar soat 17:00ga qadar qabul qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia