

Bir oz avval "Zomin" klubi vakili biz bilan bog'lanib, Jiyamurodov jamoadan ketmagani, shaxsiy ishlari borligi sababli bugun "Neftchi"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvga bora olmaganini aytib o'tdi.
Jamoani bugungi o'yinda yordamchi murabbiy Zafar Qoraqulov maydonga boshlab tushadi.
Ma'lumot uchun, "Zomin" PRO-Liganing ortda qolgan 5 turidan so'ng 1 g'alaba, 4 mag'lubiyat qayd etgani xolda musobaqa jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.



