Zokir Qodirov: "Brigadamiz o'yinga tayyor"

Saytimiz xodimi Shahboz Beg'amov yil o'yini deya tariflanayotgan, Oliy liganing 29-tur doirasidagi markaziy bahsi "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi bosh hakami Zokir Qodirovdan muhim bellashuv oldidan qisqacha fikr oldi.

"Har bir o'yin biz uchun muhim va juda mas'uliyatli. Qarshidagi "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi qiymati yuqori ahamiyatga ega ekanligini tushunib turibmiz. Brigadamiz mazkur bellashuvga ham ham ruhan, ham jismonan tayyor",

- dedi oliy toifali hakam Zokir Qodirov.


Eslatib o'tamiz, 19 noyabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" - "Paxtakor" jamoalari kumush medali taqdirini hal etadigan uchrashuvda maydonga tushishadi.


Manba: championat.asia