Zohir Qo'ziboev "Mashal"ning 500-goli muallifi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2014
Oliy liganing 14-turida Muborakning "Mashal" klubi o'z uyida "So'g'diyona" ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.
O'sha o'yinda mezbonlar safida uchinchi golni Zohir Qo'ziboev urgandi.

Aynan mana shu gol Muborak klubi uchun tarixiy gol bo'ldi. Gap shundaki, Qo'ziboev oliy ligada 14-mavsumini o'tkazayotgan "Mashal"ning 500-goli muallifiga aylandi.

Hozirga qadar klub 384ta o'yin o'tkazib 500ta gol urgan hamda 521 marta to'p o'tkazib yuborgan. 

"Gazchilar" O'zbekiston oliy ligasida 500 va undan ortiq to'p kiritgan 13-jamoaga aylanishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia