

Xorvatiyalik mutaxassis "Lokomotiv" bilan bo'ladigan o'yin oldidan shunday dedi:
- Hammasi yaxshi ketyapti. Barcha futbolchilarning e'tibori "Lokomotiv" bilan bo'ladigan o'yinga qaratilgan. Avstriyadagi yig'inimiz ham yaxshi o'tdi. Birinchi o'yindagi g'alaba biz uchun juda muhim. Agar stadion to'lsa va muxlislar bizni qo'llab tursa 23 avgust kuni albatta g'alaba qozonishga harakat qilamiz.



