Zlatanning dubli "Milan"ga 3 ochko keltirdi, jamoaning mag'lubiyatsiz o'yinlari seriyasi 9taga etdi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2020, 02:50
A Seriyaning 35-turi doirasidagi "Sassuolo" - "Milan" uchrashuvi yakunlandi.

Zlatan Ibragimovichning dubli evaziga g'alabaga erishgan milanliklar mag'lubiyatsiz o'yinlari seriyasini 9 uchrashuvga etkazib oldi. Stefano Pioli shogirdlari so'nggi marta 8 mart kuni "Jenoa"ga mag'lub bo'lishgandi.

Sassuolo – Milan 1:2

"Chitta-del-Trikolore"

Gollar: 0:1 – 19 Ibragimovich, 1:1 – 42, penalti Kaputo, 1:2 – 45 Ibragimovich.

Sassuolo – Konsili, Marlon, Peluzo, Myuldyur (Kiryakopulos, 46), Rojerio, Burabiya, Garaslin (Boga, 46; Djurichich, 68), Lokatelli, Berardi, Kaputo (Traore, 89), Raspadori (Manyanelli, 46).

Milan – Donnarumma, Konti (Kalabriya, 11), Teo (Laksalt, 46), Ker, Romanoli (Gabbiya, 32), Kessie, Salemakers, Bennaser (Bigliya, 79), Chalxanoglu (Bonaventura, 79), Ibragimovich, Rebich.

Ogohlantirish: Burabiya (22), Lokatelli (34), Teo (37), Bennaser (61), Laksalt (76), Bonaventura (85).

Chetlatish: Burabiya (45).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia