Zlatan o'zidan kuchliroq yagona futbolchi kimligini aytdi
27 dek 2020, 15:50
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida o'zidan kuchliroq bo'lgan birgina futbolchi kimligini aytdi.
"Diego Maradona barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U mendan kuchliroq bo'lgan yagona o'yinchidir", - dedi shvetsiyalik forvard.