Zlatan navbatdagi o'yinda ham qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
25 apr 2021, 15:51
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich A Seriya doirasida "Lacio"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

Bu haqda matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli ta'kidlab o'tdi.

"Ibragimovich o'zini yaxshi his qilmoqda, biroq u o'yinga tayyor emas. U "Benevento"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.

Bunday holatlarda Manjukich ham, Leao ham o'ynay oladi. Mario o'zini yaxshi his qilmoqda va raqib jarima maydonchasi ichida jamoaga foyda beradigan ko'nikmalari juda katta", - dedi Pioli.

Eslatib o'tamiz, Ibragimovich jarohati sababli "Sassuolo"ga qarshi o'yinda qatnashmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal