Zlatan "Milan" mashg'ulotlariga qaytdi. U koronavirusni boshdan kechirdi

Alisher
11 okt 2020, 18:04
Hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan" mashg'ulotlariga qaytdi.

39 yoshli shved koronavirusdan tuzalganidan so'ng ilk bor jamoa mashg'ulotlariga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Milan" shanba kuni, aniqrog'i 17 oktyabr kuni "Inter" bilan derbida to'qnash keladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 2ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it