Zlatan Ibragimovich: "Chelsi" bor-yo'g'i bitta imkoniyat yaratdi va gol urdi"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2015, 13:42
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Chelsi" bor-yo'g'i bitta imkoniyat yaratdi va gol urdi. PSJ ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadi. "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtu shunchaki yaxshi posbon emas, u juda zo'r posbon. Javob uchrashuvida ochiq o'yin bo'ladi" - deydi Ibragimovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru