Zlatan faoliyatini o'z vatanida davom ettirishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 may 2020
"Xammarbyu" sport direktori Yesper Yanssonning aytishiga ko'ra, yaqin kelajakda hujumchi Zlatan Ibragimovich ushbu jamoa tarkibida o'ynashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, karantin davrida shvetsiyalik futbolchi o'zi egalik qilayotgan jamoa tarkibida mashg'ulotlarda qatnashdi. Zlatanning "Milan" bilan yozda yakuniga etadigan shartnomasini bir yilga uzaytirish ham mumkin.

"Bu jamoamiz uchun ajoyib tajriba bo'lardi. OAVning bunga e'tibor berganidan mamnunman.

Zlatan biz bilan bo'ladimi? Nima uchun yo'q! Bizda imkoniyatlar etarli. Biroq qarorni Zlatanning o'zi qabul qilishi kerak", - dedi Yansson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Expressen